Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining holati bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

2021 yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi doimiy aholi soni 34 mln 695,6 mingni tashkil qilmoqda.

Yilning ilk choragida YAIM o‘sishi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 103%dan iborat bo‘lgan.

Shuningdek, aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati 109,8%ni tashkil qilgan.

Ma’lumotlar transport, qurilish va chakana savdo sohalarida tiklanish og‘ir ketayotganini ko‘rsatmoqda. Yo‘lovchi tashish sohasida esa o‘tgan yilning tegishli davri ko‘rsatkichiga hali chiqilmagan.