2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda jami 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8% ni tashkil etdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 trln 268,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3% ga teng.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28 trln 271,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7% ga teng.
Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6 trln 938,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17 trln 736,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.