«adliya vaziri» tegli maqolalar


17 noyabr 2021, 14:34

«Hech kimni majburlashga haqqi yo‘q». Adliya vaziri — hokim yordamchisi lavozimiga majburiy tayinlovlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov respublikadagi barcha mahallada hokim yordamchisi lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan o‘tkazilayotganiga izoh berar ekan, «bu noqonuniy», deya ta’kidladi. «Hech kimni majbur qilishga haqqi yo‘q… Tazyiqlar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishi mumkin», — dedi u. Vazir shuningdek, kasbni erkin tanlash konstitutsiyaviy huquq ekanligini eslatib o‘tdi.

15 noyabr 2021, 22:10

«Agressiv kadr siyosatini yuritish kerak» — Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashish haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyani keskin kamaytirishda biryoqlama yondashuv, jumladan, faqat o‘lim jazosini joriy qilish yoki faqat diniy ta’limni kuchaytirish bilan ish bitmasligini ta’kidladi. Vazirning fikricha, muammoni hal etish uchun kompleks yondashish, «agressiv kadr siyosatini yuritish kerak».

13 noyabr 2021, 18:49

«Sudga berish kerak». Ruslanbek Davletov — elektr energiyadagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani haqida

Adliya vaziri gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani borasida fikr bildirar ekan, shartnoma shartini bajarmagani uchun ta’minotchi korxonalar ustidan sudga murojaat qilish kerakligini aytdi. «Shu yo‘l bilan hammasini tartibga solsa bo‘ladi. Mas’uliyati albatta oshadi, to‘lab ko‘rsin zararni keyin biladi qanaqa hal qilishini», — dedi Ruslanbek Davletov.

21 oktabr 2021, 21:17

Qonun muhokamasi adliya vaziri va senatorlar o‘rtasidagi debatga aylanib ketdi

Senatorlar «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunning ba’zi normalarini qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblab, uni qaytardi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlarning qonunni qabul qilishga qarshi bildirgan har bir argumentini rad etdi va ayrim siyosatchilar «xalqdan kelib chiqayotgan yangi g‘oyalarni tushunmasligini» ta’kidladi. Senat rahbari uzoq davom etgan debatga aralashishga va tomonlarni tinchlantirishga majbur bo‘ldi.

6 oktabr 2021, 17:08

«Hukumat ixcham bo‘lishi kerak» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri seshanba kungi anjumanda O‘zbekistonga juda katta davlat apparati to‘g‘ri kelmasligi, unga ketadigan xarajatlar juda ko‘pligini ta’kidladi. «Hukumat ixcham bo‘lishi kerak», — dedi Ruslanbek Davletov. U shuningdek, fuqarolar biror tashkilot xulosasi uchun viloyatdan Toshkentga qatnashiga to‘g‘ri kelishini ham tanqid ostiga oldi.

6 oktabr 2021, 15:49

Jamiyat ochiqlik orqali mansabdorlarni tarbiyalaydi — Adliya vaziri

Ruslanbek Davletov jamiyat ochiqlik siyosati orqali mansabdorlarni tarbiyalashini ta’kidladi. «Agar amaldorning bitta qadami birovga yoqmaydigan qadam bo‘lsa, albatta yashirishga harakat qiladi, ko‘p holatlarda shunaqa», — dedi u. Vazirning fikricha, ochiqlik «qaysidir vazirlik uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin jamiyat uchun yaxshi».

6 oktabr 2021, 11:46

«Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri seshanba kuni o‘tkazilgan anjumanda davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. «Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi», — dedi Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning uchun tartibga solish mexanizmlari va qonunlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, vazir O‘zbekistondagi qamoqxonalar xususiy sektorga o‘tkazilmasligini ta’kidladi.

5 oktabr 2021, 15:01

«Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311 ta qonun qabul qilindi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun 5 yilda 114 trln so‘m va qariyb 31 mlrd AQSh dollari yo‘naltirilganini ma’lum qildi. «Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311 ta qonun, 2000 ga yaqin O‘zbekiston prezidentining farmon va qarorlari qabul qilindi» — dedi u.

17 sentabr 2021, 08:41

Ruslanbek Davletov — hukumatga ishonch va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jamiyatning hukumatga bo‘lgan ishonchi va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka to‘xtaldi. «Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning ishonchi yuqori bo‘lsa, vaksinatsiya darajasi shuncha yuqori bo‘lyapti», — dedi vazir. U «snos» masalasi xalqning davlat organlariga ishonchiga ta’sir ko‘rsatganini esga oldi.

19 aprel 2021, 15:40

Qonun ishlab chiqishda parlamentga resurs yetishmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida ijro hokimiyatining faolligi tizimning resurlariga bog‘liqligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, deputatlarda bunday resurs yo‘qligi uchun ular qiynaladi. «Deputatlarda har doim ham soha bo‘yicha tahlil bo‘lmaydi. Deputatning yordamchisi ham yo‘q», — deydi u.

16 fevral 2021, 19:01

«Yangi yil bo‘lsa hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Qashqadaryodan tandir, Xorazmdan guruch keladi» — adliya vaziri

«Yangi yil bo‘lsa hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch keladi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning oldini olish uchun «hukumat o‘z amaldorlarini to‘g‘ri tarbiyalay olishi kerak».

15 fevral 2021, 19:44

O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.

27 noyabr 2020, 15:38

«Mashinani ishonchnoma orqali boshqarish kelajakda tarixga aylanishi kerak» — Adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov onlayn muloqot o‘tkazib, fuqarolarning savollariga javob berdi. Onlayn muloqotda adliya vaziri ishonchnoma orqali avtomobil boshqarish kabi muammolar to‘g‘risida gapirayotib, «ishonchnoma kabi hujjatlar, o‘ylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi» deya aytib o‘tdi. Ilk bora tashkil etilgan ushbu muloqotga fuqarolardan 1500 ga yaqin savol kelib tushgan.

22 sentabr 2020, 18:05

«Korporativ javobgarlikni rivojlantirishimiz kerak» — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mamlakatda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish bo‘yicha rejalar haqida ma’lum qildi. Vazir AQSH va Niderlandiya hukumatlariga katta miqdorda jarimalar to‘lagan O‘zbekistondagi mobil operatorlar bilan bog‘liq korrupsion mojarolarni misol qilib keltirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting