«abdulaziz kamilov» tegli maqolalar


Forbes: Doniyor Komilov Ural KMKning benefitsiar egasiga aylandi
7 iyul 2023, 20:01

Forbes: Doniyor Komilov Ural KMKning benefitsiar egasiga aylandi

O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov Rossiyadagi Ural kon-metallurgiya kompaniyasining yangi benefitsiar egasi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Forbes.

Kobulda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi
23 mart 2023, 10:24

Kobulda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi. Unda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikdan elchilikka, elchilikdan vazirlikka va siyosiy boshpana so‘rovi. AQShdagi o‘zbek elchilari haqida
3 mart 2023, 20:17

Vazirlikdan elchilikka, elchilikdan vazirlikka va siyosiy boshpana so‘rovi. AQShdagi o‘zbek elchilari haqida

Safoyev va Kamilov AQShda elchilik qilishdan avval ham, keyin ham TIVga rahbar bo‘lgan. G‘ulomov esa qariyb butun Yevropa uchun elchilik qilgach, so‘ng xuddi shu ishni qariyb butun Amerika qit’asi uchun bajargan. O‘zbekistonning AQShdagi eng birinchi elchisi u yerda butunlay qolishga qaror qilgan.

«Kamilovning Ukraina haqidagi nutqidan keyin iqtisodiy muammolar boshlandi» — Alisher Qodirov
7 oktabr 2022, 08:27

«Kamilovning Ukraina haqidagi nutqidan keyin iqtisodiy muammolar boshlandi» — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotidan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy muammolar paydo bo‘la boshlaganini aytdi. «O‘zbekistonning shimoldan okeanga ochilish yo‘nalishi bir haftaga maxsus falajlantirildi», — dedi u.

Kamilov va Norov Turkmanistonning «Galkinish» ordeni bilan taqdirlandi
27 avgust 2022, 08:42

Kamilov va Norov Turkmanistonning «Galkinish» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov va tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Turkmanistonning «Galkinish» («Tiklanish») ordeni bilan taqdirlandi. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov esa O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Marosim Ashxobodda bo‘lib o‘tdi.

«Munosabatlarning normallashuvi Afg‘oniston hukumatining tan olinishiga yo‘l ochadi» — Abdulaziz Kamilov
26 iyul 2022, 16:54

«Munosabatlarning normallashuvi Afg‘oniston hukumatining tan olinishiga yo‘l ochadi» — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekistonning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston hukumatini yaqin kelajakda tan olish masalasi hozir kun tartibida yo‘qligini ta’kidladi. Biroq u «Tolibon» harakati va jahon hamjamiyatining umumiy til topishga harakat qilayotgani ijobiy tendensiya ekanligini aytdi.

Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
7 iyul 2022, 11:41

Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi o‘tkazilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar masalalari muhokama qilingan.

Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi
20 iyun 2022, 19:34

Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi doirasida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari — Mulla Abdul G‘ani Barodar va Abdusalom Hanafiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg‘oniston TIV rahbari v.b. bilan uchrashdi
19 iyun 2022, 20:35

Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg‘oniston TIV rahbari v.b. bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi
17 iyun 2022, 21:13

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga kiritilib, mehnatiga haq to‘lash sharoitlari prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirildi.

Abdulaziz Kamilov prezidentning maxsus vakili bo‘ldi
16 iyun 2022, 11:27

Abdulaziz Kamilov prezidentning maxsus vakili bo‘ldi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov davlat rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
24 may 2022, 10:19

Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi

Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal bin Farxan bin Abdulla bilan muloqot qildi. Saudiya tomoni Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan va suhbat chog‘ida so‘nggi mintaqaviy hamda xalqaro o‘zgarishlar muhokama qilingan.

Abdulaziz Kamilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi
27 aprel 2022, 21:36

Abdulaziz Kamilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi

2012 yildan buyon tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdulaziz Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. TIV rahbarining vazifalarini bajarish Vladimir Norov zimmasiga yuklatildi.

29 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 mart 2022, 21:45

29 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda mozaikalarni saqlab qolish uchun maxsus material bilan qoplanayotganini aytgan poytaxt hokimligi, xorijda davolanayotgan Abdulaziz Kamilov, qizini ayiq qafasiga tashlagan ayolning ishi sudga oshirilgani, Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun to‘laydigan 951 mln so‘m nafaqa puli, iqtisodiyotga davlat qarzi yuki o‘sgani, Turkiya prezidentining Toshkentga tashrifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Abdulaziz Kamilov xorijda davolanmoqda — TIV
29 mart 2022, 13:31

Abdulaziz Kamilov xorijda davolanmoqda — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning «ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida» xorijda davolanayotgani xabar qilindi.

«Harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtalishi zarur» — TIV rahbari Ukrainadagi vaziyat haqida
17 mart 2022, 11:26

«Harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtalishi zarur» — TIV rahbari Ukrainadagi vaziyat haqida

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Senatdagi chiqishida O‘zbekiston Ukrainadagi vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi. «O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmadik», — dedi u.

Bugungi kunda 300 ga yaqin fuqarolarimiz Ukrainada bo‘lib turibdi — Abdulaziz Kamilov
17 mart 2022, 11:06

Bugungi kunda 300 ga yaqin fuqarolarimiz Ukrainada bo‘lib turibdi — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ukrainada ayni damda 300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi qolayotganini ma’lum qildi. U Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayoni fuqarolarni Suriya, Iroq va Afg‘onistondan vatanga qaytarishdan yengil bo‘lmaganini ta’kidladi.

«Biz zo‘ravonlikni to‘xtatish tarafdorimiz» — Abdulaziz Kamilov Ukrainadagi vaziyat haqida
13 mart 2022, 15:38

«Biz zo‘ravonlikni to‘xtatish tarafdorimiz» — Abdulaziz Kamilov Ukrainadagi vaziyat haqida

O‘zbekiston Ukrainadagi vaziyatdan xavotirda hamda zo‘ravonlikni to‘xtatish va barcha muammolarni siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilish zarur, deb hisoblaydi, deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov. Shuningdek, u Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi va Yevropa hamda Osiyo o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab kelayotgan Turkiyani misol sifatida keltirdi.

Kamilov va Blinken o‘zaro tabrik maktublarini almashdi
19 fevral 2022, 11:22

Kamilov va Blinken o‘zaro tabrik maktublarini almashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zaro qutlov maktublarini almashdi.

Afg‘onistonda gumanitar halokatning oldini olish asosiy vazifa — Abdulaziz Kamilov
9 fevral 2022, 10:52

Afg‘onistonda gumanitar halokatning oldini olish asosiy vazifa — Abdulaziz Kamilov

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan har qanday ijobiy qadam va o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi kerakligini ta’kidladi. O‘zbekiston TIV rahbari asosiy vazifa mamlakatda gumanitar halokatning oldini olish ekanligini eslatdi. «Vaziyatning keskinlashishi jamiyatda radikallashuv, turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar, ekstremizm kuchlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin», — dedi vazir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting