Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga O‘zbekistonga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga Toshkentga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida ularni Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Turkiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi.

Abdulaziz Kamilov xorijda davolanmoqda — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning «ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida» xorijda davolanayotgani xabar qilindi.

Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘laydi

2021 yilda Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonov 33 yoshida yurak xurujidan vafot etganidan so‘ng uning otasi boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish maqsadida Bosh prokuraturani sudga bergandi. Marhumning otasi ham vafot etgani sababli sud Samirning turmush o‘rtog‘i foydasiga Bosh prokuraturadan 951,2 mln so‘m bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 mln so‘m ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shuningdek, javobgar 76,6 mln so‘mlik davlat bojini ham to‘laydi.

O‘zbekistonning tashqi qarzi $40 milliardga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi hajmi 2021 yilda 16% ga oshib, 40 mlrd dollarga yaqinlashdi. Bu YAIMning 57 foizini tashkil etadi. Xususan, 2021 yilda davlat tashqi qarzi 11% ga oshib, 23,7 mlrd dollarga yetgan. Xususiy tashqi qarz 2021 yilning boshiga nisbatan 24 foizga o‘sib, 15,8 mlrd dollarni tashkil etgan.

Markaziy bank iqtisodiyotga qarz yukining o‘sganligini ma’lum qildi

Markaziy bank tahlillari qarz yuki bo‘yicha O‘zbekiston moliya tizimiga ta’sir ko‘rsatishi va tizimli moliyaviy zaifliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir qator xatarlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ular bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan kredit shartnomalari sonining ortishi, tovar va xizmatlarni muddatli to‘lov asosida xarid qilish, muammoli kreditlar va boshqa omillar bilan bog‘liq.

Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga yuborildi

Prokuratura Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolga tegishli jinoyat ishini unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni hal qilish uchun sudga yubordi. Ayol «umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgan», shu bois u tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish qobiliyatiga ega emas, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura.

Talabani zo‘rlashga uringanlikda ayblanayotgan TDPU sobiq dekan o‘rinbosarining ishi sudga oshirildi

Prokuratura TDPU kasbiy ta’lim fakultetining sobiq dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yuldashevga nisbatan jinoyat ishini sudga yubordi. Unga talabani zo‘rlashga urinish va badanga og‘ir shikast yetkazish aybi qo‘yilgan.

Mart oyida yog‘ingarchilik odatdagidan 2−3 marta, ba’zi joylarda 4,5 marta ko‘proq kuzatildi

O‘zbekistonda mart oyida yog‘ingarchilik odatdagidan 2−3 marta, ba’zi joylarda 4,5 marta ko‘proq kuzatildi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarining ayrim tumanlarida martdagi yog‘ingarchilik butun meteorologik kuzatuvlar bo‘yicha rekord darajada sodir bo‘ldi. Poytaxtda 186 mmlik yog‘ingarchilik qayd etildi, bu mart oyining 1969 yildagi rekordini yangiladi. O‘zgidromet aprel oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini ham e’lon qildi.

Toshkent shahar hokimligi: «Mozaikalar bo‘yalayotgani yo‘q, aksincha, yangilanmoqda»

Toshkent hokimligi shahardagi mozaikali tasvirlar bo‘yab tashlanmayotgani, aksincha, saqlab qolish uchun maxsus material bilan qoplanmoqda. Hokimiyat shuningdek, hissiyotlarga berilib, Mahalliy kengashni jim turishda ayblagan blogerni tanqid qildi.

Kadastr agentligiga direktor tayinlandi

«O‘zdonmahsulot» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Farrux Pulatov Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga direktor etib tayinlandi.

Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Toshkent shahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi bosh direktori o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov shahar hokimi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Uning vazifalari doirasiga shaharda suv toshqini va yog‘ingarchilik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish ham kiradi.

O‘zbekistonliklarga Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan yurish muddati uzaytirilishi mumkin

Tojikiston parlamentining quyi palatasi o‘zbekistonliklarni ro‘yxatdan o‘tmasdan mamlakatda bo‘lish muddatini 10 kungacha uzaytirish to‘g‘risida qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni qabul qildi.

Bosh vazir o‘rinbosari tadbirkor va eksportchilarni sust qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlarni tanqid qildi

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov tadbirkor va eksportchilarni sust qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlarni tanqid qildi. 12 ta hududdagi tuman va shaharlar hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, «O‘zto‘qimachiliksanoat» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmalarining tarmoq rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortildi.

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat oldi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Parvozlar Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Toshkentda bo‘yalayotgan mozaikalar

Toshkentda ko‘p qavatli uylarda aka-uka Jarskiylar loyihalari asosida yaratilgan mozaikalarni yo‘qotishga urinishlar davom ettirilmoqda. Furqat va Bobur ko‘chalarini rekonstruksiya qilish jarayonida bir qancha uylar bo‘yashga tayyorlangan, biroq jamoatchilik noroziligidan keyin ishlar to‘xtatib qo‘yildi.

Galina Saidova savdoni liberallashtirish bo‘yicha iqtisodchilarning fikrlariga javob qaytardi

O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova iqtisodchilar Behzod Hoshimov, Botir Qobilov va Otabek Bakirovning Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi uning nutqi yuzasidan fikr-mulohazalari bildirilgan «Gazeta.uz» materialiga javob qaytardi. «Darslikdagi normalar hech bir davlatda bevosita ishlamaydi: rivojlanganlarida ham, rivojlanayotganlarida ham», — deya qayd etadi u.