Tokiodagi Olimpiada tashkilotchilari 2021 yilga ko‘chirilgan musobaqalarni soddalashtirilgan tartibda, kamxarj etib o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tomoshabinlar va ishtirokchilar sonini qisqartirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Superligasi uch oylik tanaffusdan so‘ng 13 iyundan davom ettiriladigan bo‘ldi. Stadionlarda futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi choralar ko‘rishmoqda.
PFL bosh direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
O‘zbekistonda futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazish hamda futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarishga o‘tkazish tavsiya etilmoqda. Klublarni moliyalashtirish homiylik xayriyalar va xususiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Mudofaa vazirligi Sport klubi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markaziga aylantiriladi. Markaz mustaqil boshqarma sifatida armiyada ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Germaniya may oyining ikkinchi yarmidan futbol bo‘yicha chempionatni qayta tiklaydi. Angliya va italyan jamoalari ham o‘z turnirlarini yakunlab olishni xohlashmoqda, biroq hukumatlar qarorlarini kutishga majbur. Fransuz chempionati aprel oyida “Pari Sen-Jermen"ning muddatidan oldingi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ispaniyaning Barselona futbol klubi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida 2020−2021 mavsumiga “Kamp Nou” maydonining nomini homiylarga sotishga qaror qildi.
Xususiy orolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC-249 musobaqasi vaqtincha qoldirildi. Buni Disney va ESPN kompaniyalari talab qilishgan. Janglarning qachon bo‘lib o‘tishi noma’lum.
Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoda qariyb barcha sport tadbirlari bekor qilindi. Biroq xususiy orollardan birida UFC har hafta aralash janglar musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. UFC 249 musobaqasida o‘zbekistonlik Mahmud Murodovning ham ishtiroki kutilayotgan edi, ammo jang bekor qilindi.
Futbolchi Odil Ahmedov O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami yuboradi.
2021 yilga qoldirilgan Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarga yo‘llanma olgan barcha sportchilar ularni saqlab qolishadi.
Paralimpiyachilardan Ismira Islomova, Shahzoda Mamadaliyeva, Muslima Nuriddinova va Kamolaxon Abdullayeva doping sababli to‘rt yilga musobaqalardan chetlashtirildi.
Sport vazirligi koronavirus mamlakatga kirishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda xalqaro sport musobaqalar o‘tkazilishini to‘xtatdi. «Navro‘z» marafoni chet ellik ishtirokchilarsiz o‘tkazilishi mumkin.
Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari koronavirus tufayli bekor qilinishi mumkin. Tashkiliy qo‘mita musobaqa davomida virus bo‘yicha xavfsizlikni kafolatlay olmasa, XOQ Olimpiadani bekor qiladi.
O‘zbekistonlik dzyudochilar Muhammadkarim Xurramov va Davlat Bobonov Germaniyada o‘tkazilgan Katta dubulg‘a turnirida birinchi marotaba oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov doping sababli Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada-2020 litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ommaviy sportni xalq orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi. Vazir o‘rinbosari Nodir Murodov rejadagi ishlar uchun davlat byudjetidan pul ajratish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Ammo vazirlik byudjet mablag‘iga qaram bo‘lib qolmaslikka intiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Oybek Qosimov MOQ bosh kotibi etib saylandi.
Parijdagi «Katta dubulg‘a» turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar Sharofiddin Boltaboyev va Hikmatilloh To‘rayev kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Elbek Shukurov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting