Shanba kuni O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prezident maslahatchisi Abdujabar Abduvaxitov, bosh vazir o‘rinbosari — Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov, vazirlik va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda vazirlik rahbariyatidagi o‘zgarishlar e’lon qilindi. Abdujabar Abduvaxitov ta’kidlaganidek, o‘zgarishlar mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, ommaviy sportni aholi o‘rtasida ommalashtirish maqsadida amalga oshirildi.

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov (1977 yilda tug‘ilgan) jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Davlat jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1995−1999). Mehnat faoliyatini «Chig‘atoy» futbol bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida murabbiy sifatida boshlagan. Bir necha yillar davomida u Futbol assotsiatsiyasining xalqaro markazida murabbiy, futbol bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida murabbiy bo‘lib ishlagan (2004−2010). O‘zbekistonning eng yuqori mukofotlari va ordenlari sohibi.

2010 yildan O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Futbol nazariyasi va metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2019 yil iyun oyidan esa futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti.

Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimini saqlab qoladi.

Elbek Xabibullayevich Shukurov (1988) jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari bo‘ldi. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005 yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatida boshlagan, bir necha yil turli lavozimlarda, shu jumladan, Toshkent shahar kengashi raisi sifatida ishlagan.

U Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. 2017 yil iyuldan 2018 yil avgustgacha Yoshlar ittifoqining Toshkent kengashini boshqargan, poytaxt hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

Mazkur tayinlovga qadar 2018 yil avgust oyidan buyon Toshkent hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Oybek Qosimov. Foto: Xalqaro press-klub.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Oybek Omilovich Qosimov (1980) Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidentining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, «Paxtakor» futbol klubi bosh direktorining o‘rinbosari, Toshkent shahar futbol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, MOQ bosh kotibi va birinchi vitse-prezidenti bo‘lgan.

2018 yil may oyidan buyon jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sharifjon Fuzailovich Мўминжоновнинг yangi ish joyi hozircha noma’lum.