Biroz avval O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari assambleyasi tashkil etildi. Olamsport.com sayti manbasining xabar berishicha, assambleya davomida tashkilotga bosh kotib saylandi.

Unga ko‘ra ushbu lavozim uchun Oybek Qosimov nomzodi ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, Oybek Qosimov Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga saylandi.

Qayd etish lozimki, Oybek Qosimov 2018 yilning fevral oyiga qadar ushbu lavozimda faoliyat olib borgan hamda keyin Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagandi.