Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga ko‘chirilgan musobaqalarni soddalashtirilgan tartibda o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu haqda TASS agentligi tashkiliy qo‘mitaga tayanib xabar qildi.

“Biz xarajatlarni qisqartirish va kasallik tarqalishi xavfini kamaytirish maqsadida O‘yinlarni soddalashtirilgan formatda o‘tkazishga qaratilgan siyosatni tasdiqladi”, — dedi tashkiliy qo‘mita vakili.

Kyodo agentligi ma’lumotlarisha ko‘ra, Olimpiada tomoshabinlari va ishtirokchilari sonini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.

Yaponiya tashkiliy qo‘mitasining fikricha, kelgusi yilga ko‘chirilgan O‘yinlar umumjahon hamjihatlik va qayta yangilanish timsoliga aylanishi kerak.

Tokiodagi Olimpiada 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustga qadar muddatda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sababli musobaqalar bir yil keyinga ko‘chirilib, 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustga qadar o‘tkaziladigan bo‘ldi.