O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizovning taqdimiga binoan, Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi, deya xabar qildi PFL matbuot xizmati.

Diyor Imomxo‘jayev shu vaqtga qadar PFL bosh direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

2019 yil iyun oyidan buyon PFLni boshqarib kelayotgan Davron Shoqurbonov esa 25 may kuni o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.