Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori, «Shanghai International Port Group» (SIPG) klubi o‘yinchisi Odil Axmedov mamlakat tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami yuboradi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, yaqin orada O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi yordamida O‘zbekistonga tibbiy kombinezonlar, himoya ko‘zoynaklari va shlemlar yetib keladi.

Foto: «Dunyo» axborot agentligi

Ma’lumot uchun, hozirda Odil Ahmedov Shanxayda istiqomat qiladi.