Vazirlar Mahkamasining 19 maydagi qarori bilan Mudofaa vazirligida armiya sporti tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, Mudofaa vazirligining Sport klubi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazига aylantiriladi va ushbu markaz vazirlik markaziy apparatining mustaqil бошқармасига tenglashtirilgan muassasa hisoblanadi.

Markazning asosiy vazifalaridan biri ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, mamlakat va Mudofaa vazirligi qo‘shinlari sport terma jamoalari uchun harbiy xizmatchi, xizmatchi va o‘quvchi sportchilar orasidan yuqori toifali sportchilarni tayyorlashdan iboratdir.

Shuningdek, qaror bilan Mudofaa vazirligida armiya sportini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom hamda vazirlikda armiya sportini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Mazkur nizomga muvofiq, armiya sportiga Olimpiya, ommaviy, milliy, harbiy-amaliy hamda texnik va amaliy sport turlari kiradi.