Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yozgi Olimpiya o‘yinlarining yangi sanalarini tasdiqladi — musobaqalar 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tadi. XOQ saytida yozilishicha, Paralimpiya 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi, deya xabar qilindi XOQ saytida.

«Ushbu yangi sanalar sog‘liqni saqlash idoralariga va O‘yinlarni o‘tkazishda ishtirok etgan har kimga koronavirus pandemiyasi va uning oqibatlari bilan kurashish uchun yetarli vaqt beradi», -deyiladi qo‘mita bayonotida.

Bu yilgi musobaqaga saralashdan o‘tgan barcha sportchilar yo‘llanmalarini saqlab qolishadi. Bundan tashqari, qo‘mitada ta’kidlanganidek, saralash jarayoni hali yakuniga yetgani yo‘q, ammo uni tugatish uchun qo‘shimcha yil yetarli bo‘ladi.

Yaponiyadagi yozgi Olimpiya o‘yinlari COVID-19 pandemiyasi sababli bir yilga qoldirildi. O‘yinlar o‘z nomini saqlab qoladi — «Tokio-2020».