18 aprel kuni xususiy orolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC-249 xalqaro musobaqasi ESPN va Disney kompaniyalarining talabi bilan vaqtinchalik qoldirildi. Bu haqda UFC rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, UFC tashkiloti ushbu musobaqani davom ettirishga to‘liq tayyor edi, biroq musobaqani efirga uzatish bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega bo‘lgan ESPN koronavirus pandemiyasi sababli ushbu tadbirni va keyingi kurashlarni keyinga qoldirishni talab qildi.

«Men shanba kuni janglarni boshlashga tayyor edim, lekin Disney va ESPN mendan janglarni to‘xtatishni so‘rashdi. Men ular bilan sherikligimni hurmat qilaman, shuning uchun tadbirni qoldirishga qaror qildim», deb ma’lum qildi Dana Uayt The Associated Press-ga yozgan tasdiqlash xatida.

Ma’lumot uchun, UFC aralash janglar promouteri prezidenti Dana Uayt UFC 249 xalqaro musobaqasini xususiy orollarda tomoshabinlarsiz o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Janglar ESPN Plus striming xizmatida efirga uzatish bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega bo‘lgan edi.