Uch oylik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlari 13 iyundan boshlab davom ettiriladi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Superliga o‘yinlari vaqtida muxlislar stadionga kiritilmaydi. Shu bois, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Bunyodkor» klubi o‘z maydonidagi o‘yinlarda ashaddiy muxlislarning fotolarini o‘rindiqlarga joylashtirib chiqishni rejalashtirmoqda.

Bu yo‘l bilan toshkentliklar futbolchilarga ruxan dalda bo‘lib turish mumkin deb xisoblashmoqda.

«Bunyodkor» klubi buni karantin vaqtida an’anaga aylantirishi va klub 10 iyunga qadar muxlislarning suratlarini bunyodkorfanclub@gmail.com orqali qabul qilmoqda.

Bu tajriba Qarshining «Nasaf» klubi tomonidan xam yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Stadion tribunalarida ishqibozlar posterlari qo‘yilib, televizor orqali translyatsiyalarda ko‘rsatiladi. Ushbu masala yuzasidan, klub ishqibozlari «Nasaf»ning marketing bo‘limi yoki ishqibozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisga murojaat qilishlari mumkin.


13 iyun kuni «Bunyodkor» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912» klubini, 14 iyun kuni esa «Nasaf» o‘z uyida «Navbaxor» jamoasiga qarshi to‘p suradi.