Sport

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi
17 avgust 2023, 10:50

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Medal uchun kechgan so‘nggi bahsda u hindistonlik raqibini 10:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi
17 avgust 2023, 09:29

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi

2023-yilgi mavsumning UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda “Manchester Siti” penaltilar seriyasida “Sevilya”ni mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Foto.

O‘zbekistonlik 5 nafar shaxmatchining barchasi Jahon kubogini tark etdi
11 avgust 2023, 16:48

O‘zbekistonlik 5 nafar shaxmatchining barchasi Jahon kubogini tark etdi

O‘zbekistonning Jahon kubogidagi so‘nggi vakili, grossmeyster Javohir Sindarov 1/16 final bosqichida hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

Dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
7 avgust 2023, 09:32

Dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Vengriyada o‘tgan Masters turnirida o‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. So‘nggi bor bu turnirda terma jamoadan oltin medalni 2011-yilda Rishod Sobirov yutgandi. Bu yilgi turnirni O‘zbekiston 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan yakunladi.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubiga o‘tdi
6 avgust 2023, 16:55

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubiga o‘tdi

O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi Abbos Fayzullayev “Paxtakor” jamoasidan Rossiyaning SSKA klubiga o‘tdi. 19 yoshli yarim himoyachi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi va ushbu muddat uzayishi mumkin.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar OCHda yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi
3 avgust 2023, 11:40

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar OCHda yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

Nyu-Dehli shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar OCHda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi
1 avgust 2023, 11:29

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar OCHda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

Hindistonda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 5-avgustga qadar davom etadi.

“Roma” Eldor Shomurodovni “Kalyari”ga ijaraga berdi
28 iyul 2023, 09:49

“Roma” Eldor Shomurodovni “Kalyari”ga ijaraga berdi

“Roma” Eldor Shomurodovni A Seriyaning boshqa klubi — “Kalyari”ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berdi. Shomurodov klubdagi birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisining yangi jamoasi quyi ligada bir mavsum o‘tkazib, Italiyaning yuqori divizioniga qaytgandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Lans” klubi futbolchisiga aylandi
25 iyul 2023, 10:24

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Lans” klubi futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubiga o‘tdi. Fransiya chempionati Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan biri hisoblanadi. “Lans” klubi o‘tgan mavsum bu ligada vitse-chempion bo‘lgan va UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

O‘q otish sporti bo‘yicha JCHda O‘zbekiston termasi ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi
24 iyul 2023, 23:43

O‘q otish sporti bo‘yicha JCHda O‘zbekiston termasi ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi

Janubiy Koreyada o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 50 metr masofadan to‘pponchadan otish dasturida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Xitoylik Szyuy Venszyun shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
24 iyul 2023, 16:28

Xitoylik Szyuy Venszyun shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

22-iyul kuni Xitoyda shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Ley Tinsze va amaldagi chempion Szyuy Venszyun g‘oliblik uchun kurash olib bordi va unda Venszyun o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.

Qozog‘iston 2034-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishni reja qilmagan
22 iyul 2023, 17:53

Qozog‘iston 2034-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishni reja qilmagan

Qozog‘iston Sport vazirligi 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini O‘zbekiston bilan birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. OAV xabariga ko‘ra, avvalroq Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari shunday tashabbus bilan chiqqan.

O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Osiyo chempionatini 20 ta medal bilan yakunladi
21 iyul 2023, 16:02

O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Osiyo chempionatini 20 ta medal bilan yakunladi

Iordaniyada o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami 20 ta — 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ayollar terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi
19 iyul 2023, 17:42

Kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ayollar terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik ayol kurashchilar Iordaniyada o‘tgan sport kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 7 medal: 2 kumush va 5 bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik paraatletlar jahon chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi
19 iyul 2023, 14:53

O‘zbekistonlik paraatletlar jahon chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Parijda o‘tkazilgan jahon chempionatida 17 ta medal — 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Sportchilar 2024-yilgi Paralimpiya o‘yinlariga 19 ta yo‘llanma oldi.

O‘zbekistonda professional futbol klublari ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi
19 iyul 2023, 11:01

O‘zbekistonda professional futbol klublari ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, “Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari 2026-yilgacha ijtimoiy soliqdan tashqari barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi. Ular jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari ham daromad solig‘i to‘lamaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi Counter-Strike kibersporti bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
18 iyul 2023, 15:07

O‘zbekiston terma jamoasi Counter-Strike kibersporti bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Saudiya Arabistonida o‘tgan Counter-Strike:Global Offensive on Steam (CS:GO) kibersporti bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Sportchilar Jahon chempionatida qatnashadi. Shuningdek, jamoaga 7000 dollar pul mukofoti beriladi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
18 iyul 2023, 06:13

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar OCHni 4 ta medal bilan yakunladi
17 iyul 2023, 09:27

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar OCHni 4 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatini 4 ta medal — 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan yakunladi.

O‘zbekiston para atletlari jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi
14 iyul 2023, 21:53

O‘zbekiston para atletlari jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Parijda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi 3 ta — 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, paraatletchilar 2024-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziya olishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting