O‘zbekiston terma jamoasi Counter-Strike:Global Offensive on Steam (CS:GO) kibersporti bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqa Saudiya Arabistonida o‘tkazildi. O‘zbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) jamoasi himoya qildi. Grand finalda o‘zbekistonlik kibersportchilar Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs yuritdi va g‘alaba qozondi. Uchinchi o‘rinni Indoneziya jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.

Shuningdek, g‘alaba uchun jamoga 7000 dollar berildi. Ikkinchi o‘rin sohibi — Mo‘g‘uliston jamoasi 3500 dollar olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin sifatida indoneziyaliklar 2000 dollarga ega chiqdi.

counter-strike: global offensive on steam

Counter-Strike:Global Offensive on Steam (CS:GO) Valve va Hidden Path Entertainment kompaniyalari tomonidan 2012-yil 21-avgustda ishlab chiqilgan, ko‘p foydalanuvchilar o‘ynasa bo‘ladigan kompyuter o‘yini sanaladi. Unda o‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linadi: terrorchilar va maxsus maqsadli bo‘linmalar. Shundan so‘ng bir nechta raundda bir-biri bilan jang qiladi, ularning natijalariga ko‘ra g‘olib jamoa aniqlanadi.

O‘zbekistan jamoasi o‘yin bo‘yicha eng yaxshi jamoalar ro‘yxatida 143-o‘rinni egallaydi. CQ.Score = 1445.