Angliyaning “Manchester Siti” hamda Ispaniyaning “Sevilya” klublari o‘rtasida 2023-yilgi mavsumning UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda inglizlar g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jamoalar Gretsiyaning Pirey shahridagi 29 207 nafar muxlis yig‘ilgan “Georgios Karaichkakis” stadionida bahs olib bordi. Uchrashuvni bosh hakam Fransua Letekse (Fransiya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.

“Manchester Siti” “Sevilya”ni penaltilar seriyasida 5:4 (asosiy vaqtda 1:1) hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Yusuf an-Nasiri hisobni ochdi. 63-daqiqaga kelib “Manchester Siti” yarim himoyachisi Koul Palmer hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning qolgan qismida jamoalarning har ikkisida gol urish va hisobda oldinga chiqish imkoni bo‘ldi, ammo klublar buni uddalay olmadi. Shundan so‘ng bahs penaltilar seriyasiga ko‘chdi.

Bunda “Manchester Siti” futbolchilarining zarbalari aniqroq bo‘ldi (5:4). Hal qiluvchi penaltini “Sevilya” himoyachisi Nemanya Gudel amalga oshira olmadi.

Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. “Sevilya” uchun bu UEFA Superkubogidagi oltinchi mag‘lubiyatdir: ular bor-yo‘g‘i bir marta — 2006-yilda kubokni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

“Man Siti” Chempionlar Ligasi g‘olibi sifatida Superkubokda o‘ynagan bo‘lsa, “Sevilya” Yevropa Ligasida g‘olib chiqqandi.

Angliya premer-ligasining (APL) yangi mavsumini “Manchester Siti” “Byornli” ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) bilan boshlagan bo‘lsa, “Sevilya” La Liganing birinchi turida “Valensiya”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Foto

мanчестер сити, севилья, уефа суперкубоги