Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik ayollar jamoasi 2 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kumush:

  • -53 kg: Dilshoda Matnazarova;
  • -59 kg: Sarvinoz Jiyembayeva.

Bronza:

  • -57 kg: Ulmeken Esenbayeva;
  • -62 kg: Nigina Sabirova;
  • -65 kg: Gulmira Aytmuratova;
  • -72 kg: Mardon Kadamova;
  • -76 kg: Valentina Tureniyazova.

Jamg‘arilgan yettita medal tufayli o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida Hindiston va Yaponiya terma jamoalaridan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.