O‘zbekiston terma jamoasining 19 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov o‘tgan mavsumda Fransiya vitse-chempioniga aylangan va g‘olib “PSJ”dan bir ochko ortda qolgan “Lans” jamoasi futbolchisiga aylandi. Futbolchining transferini fransuz klubi tasdiqladi.

абдuқодир ҳuсанов, лан, трансфер, фuтбол

Foto: Championat.Asia

So‘nggi ikki yil davomida Husanov Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida o‘ynadi, bu jamoaga u “Bunyodkor” akademiyasidan ko‘chib o‘tgandi. Shu vaqt ichida Abduqodir minskliklar safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Xusanov 2023-yilning bahorida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda Osiyo kubogida g‘olib chiqdi va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Iyun oyida Abduqodir CAFA Nations Cup 2023 musobaqasida uchta o‘yin o‘tkazib, mamlakat asosiy terma jamoasi safida debyut qildi.

Yangi klubida o‘zbekistonlik futbolchi 25-raqam ostida o‘ynaydi. Shartnoma to‘rt yilga tuzilgan — 2027-yilgacha mo‘ljallangan. “Lans” sayti futbolchini “Osiyolik noyob iste’dod egasi” va Liga 1 tarixidagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchi sifatida ta’riflagan.

абдuқодир ҳuсанов, лан, трансфер, фuтбол

Foto: Championat.Asia

Eslatib o‘tamiz, kuzda “Lans” klubi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘ynaydi.

Xusanov 2000-yillarda O‘zbekiston chempionatida bir qator jamoalar himoyachisi bo‘lgan va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushgan Hikmat Hoshimovning o‘g‘li hisoblanadi. Yaqinda “Bunyodkor”ni boshqargan Hoshimov hozirda klubda yetakchi lavozimlardan birini egallab turibdi.

“Abduqodirga bobosi sharafiga familiya berishga qaror qilgan ham o‘sha edi. Negaki, O‘zbekistonda tanish-bilish, ya’ni qarindosh-urug‘chilik degan narsaga ko‘pchilik sezgir. Xusanovni turli mish-mishlardan himoyalashgan va futbolini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘naltirishgan”, deb yozadi Sports.ru.

Foto: FK “Lans”.