2-avgust kuni Nyu-Dehli (Hindiston) shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oltin

  • -89 kg, yoshlar: Hojiakbar Olimov (3 ta yo‘nalishda);
  • -96 kg, o‘smirlar: Botir Paraxatov (3 ta yo‘nalishda);
  • -76 kg, o‘smirlar: Madina Fayzullayeva (dast ko‘tarish va ikki kurash).

Kumush

  • -89 kg, o‘smirlar: Ummatillo Rustambekov (siltab ko‘tarishda);
  • -88 kg, o‘smirlar: Dilnoza Fayzullayeva (siltab ko‘tarishda);
  • -76 kg, o‘smirlar: Madina Fayzullayeva (siltab ko‘tarishda);
  • -76 kg, yoshlar: Madina Fayzullayeva (dast ko‘tarish va ikki kurash).

Bronza

  • -89 kg, o‘smirlar: Ummatillo Rustambekov (dast ko‘tarish va ikki kurash);
  • -88 kg, yoshlar: Sevinchoy Komilova (dast ko‘tarish va ikki kurash);
  • -88 kg, yoshlar: Mashhura Fayzullayeva (siltab ko‘tarishda);
  • -88 kg, o‘smirlar: Dilnoza Fayzullayeva (dast ko‘tarish va ikki kurash);
  • -76 kg, yoshlar: Gulshoda Dadamirzayeva (dast ko‘tarish va ikki kurash);
  • -76 kg, yoshlar: Madina Fayzullayeva (siltab ko‘tarishda).