14−25-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

jahon чемпионати, kumush medalь, o‘q otish спорти

O‘zbekistonlik sportchilar yoshlar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan otish dasturida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Individual dasturda Veniamin Nikitin, jamoaviy dasturda esa Muhammad Kamolov, Ilhombek Obidjonov va Veniamin Nikitin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston 15-o‘rinni band etdi. Eng kuchli uchlikka Xitoy (12 oltin, 9 kumush va 7 bronza), Hindiston (6−6−5) va Ukraina (5−3−2) terma jamoalari kirdi. Qozog‘iston 4-o‘rinni egalladi (4−4−2).

O‘tgan yili Misrda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy dasturda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu yil snayperlar individual dasturda ham terma jamoa hisobiga medal yozib, o‘z natijalarini yangilashdi.

jahon чемпионати, kumush medalь, o‘q otish спорти

Musobaqada dunyoning 44 davlatidan 550 dan ortiq snayperlar ishtirok etmoqda.