O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubi futbolchisiga aylandi, deya xabar bermoqda Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati.

19 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar imzolandi.Tomonlarda kelishuvni uzaytirish huquqi ham mavjud.

“Albatta, men SSKA klubiga qo‘shilganimdan juda xursandman, bu Rossiyadagi eng nomdor jamoalardan biri. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi, men o‘zimni ko‘rsataman va rivojlanishda davom etaman. Menga ko‘proq “o‘nlik pozitsiyasi”da o‘ynash yoqadi. Chap yoki o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham o‘ynay olaman. SSKAning muhim futbolchisiga aylanishni va klubga barcha o‘yinlarda yutishga yordam berishni xohlayman”, — dedi o‘zbekistonlik futbolchi SSKAga o‘tishi haqida.

Abbos Fayzullayev — “Paxtakor” futbolchisi bo‘lib, 2022-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgan. 2023-yilning mart oyida yoshlar terma jamoasi (U-20) bilan birgalikda Osiyo kubogida g‘olib chiqqan, shuningdek, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

2023-yil ham futbolchi asosiy terma jamoa safida debyut qilgan va ikki uchrashuvda gol urgan.