Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi jami 20 ta — 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medalini jamg‘ardi.

Avvaliga yunon-rum kurashi bo‘yicha sakkizta medalni qo‘lga kiritildi.Undan so‘ng, o‘zbekistonlik ayol kurashchilar jamoaga 7 ta medal taqdim etdi (2 kumush va 5 bronza). Musobaqani erkin kurashchilar bahsi tugatib berdi. Terma jamoa vakillari 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. So‘nggi kundagi sovrindorlar:

Kumush medal:

  • -92 kg: Sherzod Poyonov
  • -97 kg: Ainazar Bazarbayev

Bronza medal:

  • -70 kg: Zafarbek Otaxonov
  • -74 kg: Asadbek Karimov
  • -125 kg: Hikmatillo Qurbonov.