Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida yana bir bor O‘zbekiston xalqi davlat organlarining asosiy mansabdor shaxslarini saylashga tayyorligini ta’kidladi.

«Birinchidan, men asosiy mansabdor shaxslarni tayinlashni saylovlar orqali amalga oshirar edim. Prokuror, mahalliy sudyalar, biz aytadigandek militsiya boshlig‘ini. Agar kerak bo‘lsa, vazirlarni ham ochiq tanlov orqali» — dedi u.

«[Odamlar] tayyor. Odamlar prezidentni, deputatni saylaydi. Prezident — mamlakatning yetakchisi, uning alohida siyosiy irodasi bor, u yo‘naltiradi va hokazo. Agar xalq bunday odamni xatosiz tanlasa, unda nega xalq boshqa shaxslarni tanlashi mumkinligiga ishonish mumkin emas», — deya qo‘shimcha qildi parlament a’zosi.

Fevral oyida Rasul Kusherbayev xalq hokimlarni saylashga tayyor emasligi haqidagi fikrga ko‘shilmasligini ma’lum qilgan edi. «Ruxsat berayotganlarning o‘zi tayyor emas», — degan edi u.

Mart oyida prezident Shavkat Mirziyoyev «biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku», — deya ta’kidlagan edi. «Jamiyat tayyor bo‘lmagan muhitga saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi?», — bu xiyonat degan edi davlat rahbari.

Hozirda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Shu bilan birga, prezident ushbu lavozimga nomzodni kengashda qatnashgan har bir partiya guruhi bilan maslahatlashgandan so‘ng tayinlaydi. Tuman va shahar hokimlari viloyat hokimlari (Toshkent tumanlari hokimlari — shahar hokimi tomonidan) tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda tegishli kengash tomonidan tasdiqlanadi.