Toshkentda Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan. Bu haqda IIV YHXXB axborot xizmati xabar bermoqda.

29 aprel kuni soat 00:10 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida haydovchi, J.R. (1996 y.t.) Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu ko‘chada joylashgan 107-uy ro‘parasiga yetgan vaqtida yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan.

Oqibatda, haydovchi 25 yoshli J.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.