O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 379 nafarga yetdi. 27 aprel kuni mamlakat hududlari bo‘ylab jami 34 445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Emlanganlarning yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (80 874 kishi), Namangan (62 275) va Samarqand (60 543) viloyatlarida qayd etildi.

Toshkentda 41 238 kishi koronavirusga qarshi emlandi, 27 aprel kuni — 2375 kishini tashkil etdi.


Ma’lumot uchun, 27 aprel kuni O‘zbekistonga yana 1 million doza miqdorda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi.