Namangan viloyatida 6 yoshli bola avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

25 aprel kuni soat 15:30 larda, Namangan shahar Olvalizor MFY Marg‘ilon ko‘chasida VAZ-2106 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lga birdaniga yugurib chiqib yuborgan 2015 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Namanganda 5 yoshli qizaloq hamda 8 yoshli bola YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.