Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida yashovchi D.B. uch yashar qizini sotmoqchi bo‘lgan paytda qo‘lga olindi, deb xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Ayol bolani fuqaro I.ga 60 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan va ushbu summani olayotganda hibsga olingan.

D. B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.