Namanganda «KIA» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lda ketayotgan velosipedchini urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda IIV YHXXB axborot xizmati xabar bermoqda.

27 aprel kuni soat 13:00larda, Namangan viloyati, Norin tumani, «To‘lqin» MFY hududidan o‘tuvchi 4K-433 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida velosipedda harakatlanib ketayotgan, 1980 yilda tug‘ilgan A.T.ni «KIA» rusumli avtomobilda urib yuborgan haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan ketib qolgan.

Velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida «KIA» rusumli avtomobil va uni boshqargan haydovchi, 1965 yilda tug‘ilgan S.X. topilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Norin tumani IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.