Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda metro yo‘lovchilari bekat tomon tunnel bo‘ylab piyoda ketishgani to‘g‘risida video tarqaldi.

Videoga ko‘ra, yo‘lovchilar tunnel bo‘ylab piyoda ketishmoqda. “Juda bir ajoyib holat metroning ichidan yurish. 1400 so‘mga shuncha holatni ko‘rsangiz bo‘ladi”, — deydi yo‘lovchilardan biri.

Avvalroq, Toshkent metropolitenida ikkita poyezd to‘qnashib ketgani, metroning Sergeli yo‘nalishida poyezd to‘xtab qolgani hamda “Pushkin” va “Buyuk ipak yli” stansiyalari o‘rtasida metro eshigining ochiq qolgani haqida xabar berilgan edi.