3 may kuni sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Qahramonovich Yusupaliyev koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

«Yuqumli kasalliklar bo‘yicha eng samarali profilaktika bu — vaksinatsiya, aholini ommaviy emlash hisoblanadi», — deya qayd etdi Bahodir Yusupaliyev.

«Mana bugun men ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandim. Bu bilan o‘zim, oila a’zolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin», — dedi u.

Vazir o‘rinbosari SOVID-19 vaksinasi pandemiyadan chiqishning yagona yo‘li ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash jarayoni 1 aprel kuni boshlangan edi. Shu vaqtga qadar 865 mingdan ziyod kishi vaksina oldi.

Mamlakatda rasman tasdiqlangan COVID-19 holatlari soni 2 may kuni holatiga ko‘ra 92 mingdan oshdi (kunlik o‘sish — 363 ta).