Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jamol Nosirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi Madanyat vazirligi matbuot xizmati.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Baxodir Ahmedov tayinlandi.

U bunga qadar Toshkent viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari, Madaniyat va sport ishlari vaziri, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Ahmedov Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi.