Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatida Ichki ishlar tizimiga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, fuqaro G‘.Sh. fuqaro Sh. ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali IIV Qorovul qo‘shinlarining quyi tizimiga 4 500 AQSH evaziga joylashtirishga va’da bergan.

G‘.Sh. kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan G‘.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.