O‘zbekistonda 2020 yilda is gazidan zaharlanish holatlari va ulardagi qurbonlar soni bo‘yicha Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ma’lumot berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda 31 ta is gazidan zaharlanish sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 21 tani, vafot etganlar soni 50 tani tashkil etgan.

2020 yilda esa 70 ta is gazidan zaharlanish holatlari sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 66 tani, vafot etganlar soni 91 tani tashkil qilgan.

Viloyatlar kesimida olinganda, is gazidan zaharlanish holatlari bo‘yicha «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filialida 6 tani, «Hududgaz Xorazm» gaz ta’minoti filialida 3 tani, «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filialida 3 tani, «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filialida 2 tani tashkil qiladi.

«Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning aksariyati gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ro‘y bermoqda», — deyiladi xabarda.