3 may kuni mamlakat bo‘ylab jami 55 795 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 47 816 nafari birinchi bosqichda, 7979 nafar fuqaro esa ikkinchi bosqichda emlandi.

1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlandi. Ma’lumki, virusga qarshi to‘liq emlanish uchun inson vaksina turiga qarab, ikki yoki uch bosqichda emlanishi kerak.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 911 811 nafarga yetdi. Ularning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlanganlardir.


3 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (8677 nafar),
  • Samarqand viloyati (7214 nafar),
  • Namangan viloyati (6207 nafar),
  • Toshkent shahri (6168 nafar) band qildi.

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 126 027 nafar,
  • Andijon viloyatida 99 797 nafar,
  • Namangan viloyatida 98 310 nafar,
  • Samarqand viloyatida 91 887 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel sanasidan boshlab, O‘zbekiston vaksinatsiyaning ilk bosqichi — 65 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlarini emlash jarayonlari boshlangan edi.