7 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda va 8−10 iyul kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab shamol 20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25−30 m/s gacha kuchayishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Qayd etilishicha, 8 iyulda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9−10 iyulda respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan deyarli salqin havo massalari kirib keladi.