Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 361 222 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 590 620 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 348 382 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 422 220 nafarni tashkil qildi.

6 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 136 288 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 93 358 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 20 916, 3-bosqich emlanganlar 22 014 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (535 872 doza), Farg‘ona viloyatida (515 597 doza), Andijon viloyatida (497 478 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 471 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 6 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114 039 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 327 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 109 676 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.