Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 19 407 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

Yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soni:

  • Toshkent shahri — 2 830 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 2 111 ta;
  • Samarqand viloyati — 2 041 ta;
  • Toshkent viloyati — 2 018 ta;
  • Andijon viloyati — 1 971 ta;
  • Namangan viloyati — 1 543 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 1 354 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 1 132 ta;
  • Buxoro viloyati — 1 032 ta;
  • Xorazm viloyati — 753 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 694 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 662 ta;
  • Navoiy viloyati — 645 ta;
  • Jizzax viloyati — 620 ta.

Shuningdek, iyun oyida respublika bo‘yicha 3 409 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

Iyun oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soni:

  • Toshkent shahri — 521 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 390 ta;
  • Toshkent viloyati — 367 ta;
  • Samarqand viloyati — 352 ta;
  • Andijon viloyati — 327 ta;
  • Namangan viloyati — 271 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 221 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 167 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 167 ta;
  • Buxoro viloyati — 164 ta;
  • Xorazm viloyati — 132 ta;
  • Navoiy viloyati — 125 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 119 ta;
  • Jizzax viloyati — 86 ta.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayd etilgan.

Avvalroq, yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 118 ming 988 ta nikoh holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.