Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda “Nigoh” telegram-kanali.

Ma’lum qilinishicha, Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari bo‘ldi. Bungacha u Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.

Shodiyor Mamatkulov esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.