Vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

OTMlar bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta’lim shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan hamda 1 noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021−2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

Iyul oyining avvalida vaksinatsiya qilingan to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga 2021−2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontraktiga 10 foiz miqdorida chegirma bonusi berilishi haqida xabar berilgan edi.

Keyinroq mazkur tartib faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga amal qilishi aytilgan edi.