29 sentabr soat 12:46 da O‘zbekistonda yerosti silkinishlari kuzatildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 349 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, magnituda 4,7 ballga teng bo‘lgan. Zilzila chuqurligi 5 km.

Zilzilaning O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 3−4 ball, 36 km.
  • Qo‘rgontepa tumanida 3 ball, 52 km.
  • Jalaquduq tumanida 2−3 ball, 71 km.
  • Xo‘jaobod tumanida 2−3 ball, 79 km.
  • Andijon tumanida 2−3 ball, 80 km.
  • Paxtaobod tumanida 2−3 ball, 81 km.
  • Buloqboshi tumanida 2 ball, 89 km.
  • Andijon shahrida 2 ball, 90 km.
  • Izboskan tumanida 2 ball, 94 km.

Shuningdek, bugun soat 17:41 da ham O‘zbekistonda yerosti silkinishlari kuzatildi. Zilzila epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan. Epitsentr Toshkentdan 246 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, magnituda 4,3 ballga teng bo‘lgan. Zilzila chuqurligi 5 km.

Zilzilaning O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona tumanida 4 ball, 14 km.
  • Quvasoy shahrida 3−4 ball, 24 km.
  • Farg‘ona shahrida 3−4 ball, 25 km.
  • Marg‘ilon shahrida 3 ball, 33 km.
  • Oltiariq tumanida 3 ball, 38 km.
  • Toshloq tumanida 2−3 ball, 39 km.
  • Qo‘shtepa tumanida 2−3 ball, 43 km.
  • Quva tumanida 2−3 ball, 46 km.
  • Rishton tumanida 2 ball, 52 km.
  • Yozyovoy tumanida 2 ball, 54 km.
  • Bag‘dod tumanida 2 ball, 59 km.
  • Bo‘ston tumanida 2 ball, 60 km.
  • So‘x tumanida 2 ball, 60 km.
  • Marhamat tumanida 2 ball, 61 km.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni ertalab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida, shuningdek, kechqurun Farg‘ona va Andijon viloyatlarida zilzila sezilgan edi. Shuningdek, 11 avgust kuni kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 3 balli zilzila sezilgan.