Namanganda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Yangi Namangan» shaharchasi quriladi

Namangan viloyatida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. U Toshkent viloyatida barpo qilingani kabi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ifodalovchi daraxtning beshta shoxi ko‘rinishida bunyod etiladi. Shuningdek, «Yangi Namangan» shaharchasini qurish ham rejalashtirilmoqda.

Ikkinchi fuqarolik haqida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslarga davlat organlariga xabar bermaganligi uchun javobgarlik belgilanishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «qonunchilikdagi bo‘shliq»ni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi.

Onix va Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga 427 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratiladi

«O‘zavtosanoat» UzAuto Motors zavodi bazasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 427,7 mln dollar yo‘naltiradi. Loyihaning 2022 yil sentabrida ishga tushishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda xorijiy davlatlar harbiy kadrlari tayyorlanadi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlari o‘qitiladi. Ular kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.

«Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan pullarni adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerakligini ta’kidladi. «Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur», — dedi u.

O‘zbekiston 8 oy davomida qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qildi

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga qiymati 316,6 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qilindi. Avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4350 taga kamaygan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etildi

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, mahalliy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish uning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

5,2 mlrd so‘mlik o‘simliklar, portugal marmari: Senatning yangi binosi rekonstruksiyasi qanday ketmoqda?

Toshkent markazidagi Senat binosini rekonstruksiya qilish doirasida prezident Administratsiyasi «Qurilish birlashmasi» 5,2 mlrd so‘mga gullar, 1 mlrd so‘mlik suvenirlar, portugal marmaridan plitalar va 1,1 mlrd so‘mlik ustunli kapitel, shuningdek, 105 mln so‘mga nemis vinil gul qog‘ozlar (oboy) va boshqalarni sotib oldi.

12 yoshdan katta bolalar koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanishi mumkin

O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tgach, ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida COVID-19`ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berildi.

«Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda, agar prezidentlikka saylansa, alohida ta’lim dasturi qabul qilinishini va’da qildi. «Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman», — dedi u. Prezidentlikka nomzod tibbiyotda yangi tartibni joriy etish rejalari haqida ham gapirdi. Unga ko‘ra pul kasalxonalarga emas, balki bemorlarning o‘ziga ajratiladi.

«Mahallaga juda ko‘p vazifalarni yuklab yuboryapmiz» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov so‘nggi paytlarda mahallalarga juda ko‘p vazifalar yuklab yuborilayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, mahalla aslida «odamlarni birlashtiradigan, maslahat, muloqot qiladigan maskan bo‘lishi kerak».

Farg‘onada yiliga 10 mingta elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Farg‘onada elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha Central Asia Motors korxonasi negizida Xitoyning Hong Kong ZRSC kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 55 mln dollar.

Farg‘onada «Eko shahar» hamda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i quriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy «Eko shahar» barpo etishni taklif qildi. Shaharchada 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, 70 gektar maydonda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i bunyod qilinadi.

UzAuto Motors yangi Chevrolet Captiva sotuvga chiqarilganini e’lon qildi

UzAuto Motors 2022 yilgi yangi Chevrolet Captiva krossoverining to‘rtta komlektatsiyada sotilishi boshlanganini e’lon qildi. Narxlar 192,7 million so‘mdan boshlanadi.