Payshanba, 30 sentabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 1−3 oktabrda qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, xabar berdi O‘zgidromet.

1−3 oktabrda havo harorati kechalari asta-sekin +3…+8, kunduz kunlari +12…+17, shimolda kechalari 0…+5 darajagacha pasayadi. Kunduz kunlari +10…+15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

1−2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3 oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2−3 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

30 sentabrda va 1−2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.