Rossiya Bosh prokuraturasi O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirdi.

Rossiya Bosh prokuraturasi saytida xabar berilishicha, Jahongir Baymatov «xavfli retsidivist hisoblanib, Samarqand viloyati Qushrabod tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabida buxgalter bo‘la turib, sobiq maktab direktori va boshqa shaxslar bilan birgalikda 2018 yil dekabridan 2019 yil dekabriga qadar muassasa xodimlarining imzosini qalbakilashtirish orqali ish haqi bayonotlariga yolg‘on ma’lumotlar kiritgan. Shunday qilib, u ishonib topshirilgan pul mablag‘larini o‘g‘irlagan"likda ayblanmoqda.

Qaxramon Jamolov «2018 yil 7-noyabrdan 2019-yil 4-martgacha Toshkent shahrida ombor mudiri bo‘lib ishlayotganda xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotni katta miqdorda o‘g‘irlab ketganlik»da ayblanmoqda.

Rossiya Bosh prokuraturasi, shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining uyushgan jinoiy guruh tarkibida o‘g‘rilikda ayblanayotgan Jasurbek Mo‘minov va qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazishda ayblangan Feruz Ibragimovni ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovlarini qondirdi.

To‘rt erkak Rossiyada turli vaqtlarda hibsga olingan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ularni ekstraditsiya qilish uchun so‘rovlar tayyorladi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining ularni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qarorlari qonuniy kuchga kirdi, Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmatiga ularni zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda topshirish topshirildi. Ular maxsus kuzatuvchilar hamrohligida O‘zbekistonga yetkaziladi, deyiladi xabarda.