Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 15 yoshli qiz o‘z otasidan homilador bo‘lib qoldi. Bu haqda qizning onasi va jabrlanuvchining o‘zi Sirojiddin Media YouTube-kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ayolning aytishicha, eri qizini ikki yil davomida zo‘rlab kelgan.

«Qizimning o‘zi menga aytdi. 7 sentabr kuni soat 13:00 — 14:00 atrofida, men ishda edim, tushlikka chiqqandim, telefon qildi. Telefonda: „Dadam meni shunaqa-shunaqa qilyapti, zo‘rlagan“, — deb aytdi. Keyin men: „Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas, nima deyapsan?“ — deb hozir qayerdasan, deb so‘radim. Maktabdan chiqqandan keyin begona raqamdan telefon qilgan, o‘sha yerdaman, dedi. „Singling bilan uyga bor“, — dedim. „Uyga borsam dadam meni o‘ldiradi“, — deb aytdi u», — deydi jabrlanuvchining onasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qizi bir hafta avval ham unga hodisa haqida aytishga harakat qilgan, biroq u bunga e’tibor qaratmagan. Bu haqda yarim yil muqaddam qo‘shnilari ham ogohlantirgan.

Qaynonasi ayolga mahallada sharmanda bo‘lmaslik uchun bu voqeani hech kimga aytmaslikni aytdi.

9 sentabr kuni ona qizi bilan ishga bormoqchi bo‘lgan, lekin eri ikkalasini ham kaltaklaydi. 10 sentabr kuni ayol ham qizisiz yana ishga ketadi, chunki eri uni uyda qoldirishga ko‘ndiradi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni otasi yana qizini zo‘rlagan.

Qizning onasi eri o‘ldirib qo‘yishidan qo‘rqqani uchun huquqni muhofaza qilish organlariga borishni xohlamagan.

11 sentabr, shanba kuni ayol va uning qizi avval Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga borishadi, u yerda qizning homiladorligini tasdiqlanadi, keyin esa hokimlikka murojaat qilishadi. U hokimning ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrasha olmaydi, lekin u butun voqeani hokimning boshqa o‘rinbosariga aytib beradi. Tuman ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari ayoldan hokimlikda qolishni so‘raydi va profilaktika inspektorini chaqiradi. Ua, o‘z navbatida, ularni Ichki ishlar bo‘limiga olib boradi va u yerda ariza yozishadi.

Sud -tibbiy ekspertizasi 13 sentabr kuni o‘tkazilgan, ammo hozircha javob berilmagan.

Qizning aytishicha, otasi uni birinchi marta 13 yoshida zo‘rlagan. Hozir 8 haftalik homilador.

U qayergadir murojaat qilishdan qo‘rqqan. Chunki otasi uni doimo qo‘rqitgan va sim bilan urgan, shu jumladan kenja egizak qizlarini ham. «Qo‘rqitardi. O‘ldiraman, o‘ligingni hech kim topolmaydi, derdi», — deydi qiz.

Intervyu muallifi bir necha marta qizdan nima uchun hech kimga aytmaganini so‘radi.

«Siz 13 yoshimdan beri, deyapsiz. Xo‘p, mayli, o‘sha paytda kichkina bo‘lgansiz, ayta olmagansiz. Mana, 15 yosh bo‘ldingiz. Keyin aytdingiz. Birinchi marta bo‘lganida baqir-chaqir qilishingiz mumkin, qo‘shnilar eshitishi mumkin. Bilmadim, bir narsa deyolmay qolyapman», — deydi boshlovchi.

Qiz bir yigit bilan uchrashgani, biroq u bilan jinsiy aloqa bo‘lmaganini aytdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-modda 2-qismi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirgi vaqtda gumondor qo‘lga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qizning onasi, shuningdek, eri lupasiga tegingani uchun ombur bilan o‘g‘lining jimjiloq barmog‘ining tirnog‘ini sug‘urib olganini ma’lum qildi. Ushbu ish hokimlikda ichki ishlar organlari ishtirokida muhokama qilingan. Ayol chora ko‘rishni so‘raganida, eriga nisbatan 171 ming so‘m jarima tayinlangan.

Biroq jarimani ayolning o‘zi to‘lagan. Chunki eri ishsiz (oxirgi marta u 2014 yilda paxtani qayta ishlash zavodida ishlagan) va oilani boqish ayolning zimmasida bo‘lgan.

«Men ishga ertalabki 6:30 da ketaman va kechki 8−9−10 da, ba’zida yarim tunda yoki 2 da qaytaman. Men uy ishida ishlayman», — deydi u.