Foto: Chirchiq shahar hokimligi
Chirchiq shahridagi binolar yoshi interaktiv xaritada aks ettirildi
Foto: Chirchiq shahar hokimligi
Chirchiq shahridagi binolar yoshi interaktiv xaritada aks ettirildi
1-may kuni Chirchiq shahri o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlaydi. Bu yil shahar 87 yoshga to‘ladi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti Chirchiqdagi binolar yoshi aks ettirilgan interaktiv xaritani tuzdi. Kartograf Jonibek Qutlimratov xaritaning tuzilishi jarayoni va Toshkent viloyatidagi eng muhim shaharlardan biriga asos solinishi tarixi haqida so‘zlab beradi.
Chirchiq haqida nimalarni bilasiz? Ushbu shahar sizga ko‘p sonli zavodlar, elektrostansiyalar, Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l va, albatta, Chirchiq deb ataladigan daryo bilan bog‘liq taassurotlarni eslatsa kerak. Ushbu infratuzilma yaratilishi ortida odamlarning ko‘p yillik mehnati yotadi.
2022-yilda Chirchiq o‘zining 87 yilligini nishonlaydi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Chirchiqdagi binolar yoshi aks ettirilgan noyob xaritani tuzdi. Xaritadagi har bir rang shaharning alohida tarixiy davrini bildiradi.
Chirchiq haqidagi ilk qaydlar
Chirchiqning tarixini shaharning o‘zi hali mavjud bo‘lmagan yillardan boshlab kuzatish mumkin. 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil topishi bilan, Bo‘zsuv daryosiga rus ko‘chmanchilari intila boshlagan. Ular daryo bo‘yida joylashib, Troiskoye qishlog‘ini yaratgan. Qishloqning o‘z maktabi bo‘lib, unga Toshkentlik bir shaxs homiylik qilgan, bu maktabning o‘qituvchisi — Belotserkovskiy esa qishloq feldsheri va kotibi ham bo‘lgan.

1890-yillarda qishloq aholisi cherkov qurish haqida o‘ylashni boshlaydi, chunki bu vaqt davomida ular hatto ruhoniysiz yashadilar. Troiskoye qishlog‘idagi Georgiyevskiy cherkovi haqidagi birinchi eslatma 1895-yilga to‘g‘ri keladi. Mahalliy aholi cherkovni o‘zlari qurishadi. 1897-yilda qishloq aholisi qurilish ishlarini yakunlaydi va yangi cherkov ruhoniylar Yevstafiy Lyubimskiy va Konstantin Stoberskiy ishtirokida rasman ochiladi.
Qishloq Bo‘zsuv kanali bo‘yida vujudga kelganligi sababli, xaritada ushbu davrni belgilashda Chirchiq daryosi suvlarining soyasi bo‘lgan moviy (feruza) rang asosiy rangga aylangan. 1895- va 1935-yillar oralig‘ida qurilgan binolar ushbu rangda berilgan.
Qishloq Bo‘zsuv kanali bo‘yida vujudga kelganligi sababli, xaritada ushbu davrni belgilashda Chirchiq daryosi suvlarining soyasi bo‘lgan moviy (feruza) rang asosiy rangga aylangan. 1895- va 1935-yillar oralig‘ida qurilgan binolar ushbu rangda berilgan.
Shaharning elektrifikatsiyasi
“Chirchiq” so‘zi o‘zbek tilida “quturgan” degan maʼnoni bildiradi – Chirchiq daryosi aynan shunaqa qudratli va bo‘ysunmas hisoblanadi. Odamlar daryoda gidroelektrostansiyalar tarmog‘ini qurish orqali uning ushbu xususiyatlarini o‘z manfaatlariga yo‘naltirdilar.

Bu g‘oya ilk bor 1923-yilda, daryoga GOELRO (Rossiyani elektrifikatsiyalash bo‘yicha davlat komissiyasi) akademiki Ivan Aleksandrov boshchiligidagi ekspeditsiya jo‘natilganidan so‘ng paydo bo‘ladi. Uning oldiga davlat maqsadi — Chirchiq daryosining suv resurslarini o‘rganib chiqish vazifasi qo‘yiladi.
реклама
реклама
O‘shanda rossiyalik tadqiqotchilar Chirchiq daryosining qanday ulkan salohiyatga ega ekanligini anglab yetishgan. Shu qadar kuchliki, unda bitta emas, balki elektrostansiyalar kaskadini qurish mumkin edi. Shunda savol tug‘iladi, shuncha energiyani qayerga yo‘naltirish mumkin? Bu savolga javobni muhandis-elektrotexnik Konstantin Drennov topadi — u mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurishni taklif qiladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, uning taklifi qabul qilinadi va 1932-yil 28-aprelda Sovet Ittifoqi tomonidan ikki pog‘onali gidroelektrostansiya va mineral o‘g‘itlar: ammiakli selitra ishlab chiqaruvchi zavodni qurish, va bu ishlarni amalga oshirish uchun “Chirchiqqurilish” Davlat boshqarmasini tashkil etish rejasi tasdiqlanadi.

1923-yilning may oyiga kelib asosiy qurilish obyektlari belgilanadi: bir nechta GES, kanallar va kombinat. Manba: mytashkent.uz

Chirchiq uchun rejalar nihoyatda ulkan edi — birgina GES-1 ning quvvati O‘zbekistondagi barcha boshqa elektrostansiyalarning quvvatidan 3 barobar kattaroq edi. Shu bilan birga, Dnepr va Kuzneskga qaraganda Chirchiqda qurish murakkabroq edi. Birinchidan, ishlar hajmi ancha katta, ikkinchidan, Chirchiq qurilish materiallari, mexanizmlar va malakali xodimlar bilan taʼminlash markazlaridan ancha olisda joylashgan edi.
реклама
реклама
Loyihani “Chirchiqqurilish”ning rahbari Dav Rozit boshqargan. Jamoaning birlamchi vazifalari sirasiga shosse va temir yo‘llarni qurish, 8000 ishchi uchun uy-joy qurish, g‘isht zavodi, yog‘ochga ishlov berish va qamishni qayta ishlash zavodlarini ishga tushirish, avtotaʼmirlash ustaxonalarini ochish, omborxonalar qurish va odamlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash edi.

Chirchiqdagi qurilish birinchi kunlardanoq umumxalq maqomiga ega bo‘ldi — bu yerga butun mamlakatdan ishchilar kela boshlaydi. Chexiyalik yozuvchi Yulius Fuchik bu haqda shunday deb yozgan:
Butun dunyoda “Dneprostroy” so‘zi baralla yangraganidek, “Chirchiqstroy” ham tez orada yangraydi. Chunki Chirchiqda O‘rta Osiyoning haqiqiy Dneprostroyi qad rostlamoqda.
“Chirchiqqurilish” quruvchilari. Manba: mytashkent.uz
Chirchiqqa kelgan birinchi quruvchilar ko‘p qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan: sovuq erta tushgani va tuproq nam bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik ko‘chada — ochiq osmon ostida, omadi borlari esa — chodirlarda yashagan. Karavot va so‘rilar yetishmas, yerda yotishar edi. Ko‘pchilik bezgak bilan kasallangan.

Turar-joy baraklarini qurish uchun “Chirchiqurilish” rahbariyati mahalliy aholidan 300 dona terak yog‘ochini sotib olgan. Shunda ularni boshqa qirg‘oqqa yetkazib berish masalasi ko‘tariladi. Bu haqda u yerda ishlagan ishchilardan biri, Hakim Sharipov shunday hikoya qiladi:
Sumbat Karapetyans bu ishni bajarishga kirishdi. U shimining kamariga simni bog‘lab, suza boshladi, ammo kuchli oqim uni jarlikka va ulkan xarsanglar tomonga oqizib ketdi. Sumbatni orqaga tortib bo‘lmasdi, toshlar xalal berardi. Baxtiga, kamar uzilib ketdi va yigit qirg‘oqqa chiqib oldi. Undan keyin narigi qirg‘oqqa arqon tortishga men kirishdim. Uchinchi noyabr kuni bo‘lsa-da, havo sovuq, shamol esar edi. Narigi qirg‘oqqa katta qiyinchilik bilan, bazo‘r tirik va muzlab qolgan holda yetib oldim. Tibbiyot hamshirasi qontalash bo‘lib qolgan oyoqlarimga g‘oz moyini surtdi va bu orada o‘rtoqlarim u qirg‘oqqa yog‘och o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘yib olishdi.
Umumiy xatti-harakatlar natijasida 2 yilda magistral va ichki qurilish yo‘llari barpo etildi, elektr tokini uzatish liniyalari tortildi, g‘isht zavodi va yog‘ochni qayta ishlash zavodi va 8 ta ishchi shaharchalari qurildi.

Манба: mytashkent.uz

Chirchiqda urushgacha bo‘lgan davr ancha samarali bo‘ldi — yil sayin qurilish surʼati ortib borardi, yangi GES va zavodlar barpo etildi. Ushbu davr elektrifikatsiya, yangi hayotning vujudga kelishi, yangi shaharning yaratilishi maqomi ostida o‘tdi. Shu sababli, 1935-yildan 1942-yilgacha bo‘lgan davr Raqamli rivojlanish departamentining binolar yoshini ko‘rsatuvchi xaritasida elektr toki sharafiga — elektrik rangi (moviy-ko‘k) bilan belgilangan.
Chirchiqda urushgacha bo‘lgan davr ancha samarali bo‘ldi — yil sayin qurilish surʼati ortib borardi, yangi GES va zavodlar barpo etildi. Ushbu davr elektrifikatsiya, yangi hayotning vujudga kelishi, yangi shaharning yaratilishi maqomi ostida o‘tdi. Shu sababli, 1935-yildan 1942-yilgacha bo‘lgan davr Raqamli rivojlanish departamentining binolar yoshini ko‘rsatuvchi xaritasida elektr toki sharafiga — elektrik rangi (moviy-ko‘k) bilan belgilangan.
Urush davri
Ulug‘ Vatan urushi boshlangach, ko‘p boshqa shaharlar qatori Chirchiq shahri ham urush davriga moslasha boshladi. “Chirchiqqurilish” hududida Rostovdan evakuatsiya qilingan uskunalar o‘rnatildi va ularda fugas bombalari ishlab chiqarila boshlandi. Ish ikki smenada, ochiq osmon ostida sutkalab davom etar edi.

1942-yil 16-iyulda Stalin nomidagi qishloq xo‘jaligi mashinalari zavodining 2-filiali (“Rostselmash”)ning nomi “Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinalari zavodi” deb o‘zgartirildi, hozirgi paytda u “Chirchiqqishloqmash” deb ataladi.
реклама
реклама
O‘sha yili bo‘lajak Chirchiq transformator zavodi ham paydo bo‘ldi — “Chirchiqqurilish” ustaxonalari hududiga Leningradning “Elektropult” zavodi uskunalari olib kelindi.

Yangi uskunalar olib kelinishi va yangidan-yangi zavodlarning ochilishi tufayli amaldagi GESlarning quvvati yetarli emasligi ayon bo‘lib qoldi. Natijada yangi gidrostansiya qurilishi boshlandi, uni maksimal qisqa muddatda ishga tushirish kerak edi. “Chirchiqqurilish” muhandislarining jonbozligi tufayli bor-yo‘g‘i 14 oyda 10,5 megavatt quvvatga ega Oqqovoq GESi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu GES Tovoqsoy va Oqtepa GESlaridan keyin urush davrida O‘zbekistonda ishga tushirilgan uchinchi gidroelektrostansiya bo‘ldi.
Xaritamizda ushbu davr va urushdan keyingi qisqa davr (1942-yildan 1956-yilgacha) kelgusida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qilgan “Chirchiqqishloqmash” sharafiga bug‘doy rangi — tilla rang bilan belgilangan.
Xaritamizda ushbu davr va urushdan keyingi qisqa davr (1942-yildan 1956-yilgacha) kelgusida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qilgan “Chirchiqqishloqmash” sharafiga bug‘doy rangi — tilla rang bilan belgilangan.
1950-1991-yillar, Kimyogarlar madaniyat saroyi va “Kompozit”
Urushdan so‘ng Chirchiqda yangi korxona va maydonlar quriladigan davr keldi. Masalan, 1956-yilda O‘zKTJM zavodi — O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli materiallar kombinati qurilib, u yerda volfram va molibden mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Ushbu zavod sharafiga biz xaritamizdagi 1956-yildan 1958-yilgacha bo‘lgan qisqa davrni oddiy cho‘g‘lanma lampaning volfram tolalarining yorug‘lik rangi — to‘q sariq rang bilan belgiladik.
Ushbu zavod sharafiga biz xaritamizdagi 1956-yildan 1958-yilgacha bo‘lgan qisqa davrni oddiy cho‘g‘lanma lampaning volfram tolalarining yorug‘lik rangi — to‘q sariq rang bilan belgiladik.
Vaqt o‘tishi bilan butun shahar Toshkent-Chirchiq-G‘azalkent magistral yo‘li bo‘ylab cho‘zildi, shaharning yangi markazi esa kinoteatr, turar-joylar va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borgan haykallardan tashkil topdi.

1935-yil 15-sentabr kuni Chirchiqqurilish bekatiga Toshkentdan birinchi poyezd yetib keldi. Manba: mytashkent.uz

Markaziy maydondan uzoq bo‘lmagan joyda — asosiy maydondan Zax kanali bilan ajratilgan yana bir maydon paydo bo‘ldi. Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat saroyi binosi aynan shu yerda joylashgan.
Uning old qismi – jigar rang-qizilga bo‘yalgan bo‘lib, 1958-yildan 1961-yilgacha qurilgan binolar xaritamizda shu rangda aks ettirilgan.
Uning old qismi – jigar rang-qizilga bo‘yalgan bo‘lib, 1958-yildan 1961-yilgacha qurilgan binolar xaritamizda shu rangda aks ettirilgan.
Xaritamizdagi navbatdagi davr (1962-1972-yillar) nomi yuqorida tilga olingan Chirchiq transformator zavodi sharafiga, o‘rash uchun asosan misdan foydalanilgani uchun mis rangi bilan belgilangan.
Xaritamizdagi navbatdagi davr (1962-1972-yillar) nomi yuqorida tilga olingan Chirchiq transformator zavodi sharafiga, o‘rash uchun asosan misdan foydalanilgani uchun mis rangi bilan belgilangan.
Urush davri ham unutilgani yo‘q. Chirchiq tarixi boshlangan Troiskoye qishlog‘idan keladigan yo‘lda 1972-yil 8-mayda Ulug‘ Vatan urushi qurbonlariga bag‘ishlangan “Turnalar” bronza haykali ochildi.
реклама
реклама
“Turnalar” tarixi hayotning o‘zi yozgan ssenariyni eslatadi: yodgorlik muallifi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan meʼmor Sergo Sutyagin O‘zbekistonga ilk bolalik davrida, butun oilasi bilan urushdan qochib, Samarqandga ko‘chib o‘tganda kelib qolgan. Uning otasi frontda jang qilib, uch marta konslagerlardan qochib, o‘q yeb yurgan paytlarda kichik Sergo O‘zbekistonga va uning meʼmorchiligiga mehr qo‘ydi. O‘ziga meʼmor bo‘laman deb so‘z berdi. So‘zining ustidan chiqdi.

2010-yilda Sergo Sutyagin “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida shunday degan edi:
Men bu yodgorlikni yer yuzida tinchlik ramzi bo‘lgan laylaklar shaklida tasavvur qilgan edim. 1966-yilda Chirchiqdagi haykalga tanlov eʼlon qilindi. Men darhol bu mavzu meniki ekanligini angladim. Osmonda parvoz qilayotgan laylaklarni tasvirlamoqi bo‘ldim. Uyqusiz tunlarda buni qanday amalga oshirish haqida o‘ylar edim. Bu muhandislik, arxitektura, qurilish nuqtai nazaridan murakkab vazifa bo‘ldi. Ammo biz buni uddaladik.
Hammasi hal qilinganidan so‘ng, faqat haykalga mos keladigan so‘zlarni topish qoldi. Sergo Sutyagin uzoq vaqt yozuvni qidirdi, eski qo‘shiqlarni eshitardi, o‘zi ham nimadir yozar edi. Va bir kuni unga Mark Bernesning “Turnalar” qo‘shig‘i plastinkasini olib kelishdi. 1972-yildan 1981-yilgacha bo‘lgan davrni “Turnalar” haykali sharafiga bronza rangi bilan belgiladik.
Hammasi hal qilinganidan so‘ng, faqat haykalga mos keladigan so‘zlarni topish qoldi. Sergo Sutyagin uzoq vaqt yozuvni qidirdi, eski qo‘shiqlarni eshitardi, o‘zi ham nimadir yozar edi. Va bir kuni unga Mark Bernesning “Turnalar” qo‘shig‘i plastinkasini olib kelishdi. 1972-yildan 1981-yilgacha bo‘lgan davrni “Turnalar” haykali sharafiga bronza rangi bilan belgiladik.
Xaritamizdagi navbatdagi muhim inshoot “Kompozit” tajriba-eksperimental zavodi bo‘ldi, bu korxona kosmik konstruksiyalar uchun ugleplastik detallar va uzellarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
Aynan shu zavod xaritamizga bergan yangi rang — binafsha-fazoviy rang bilan biz 1981-yildan 1991-yilgacha bo‘lgan davrni belgiladik.
Aynan shu zavod xaritamizga bergan yangi rang — binafsha-fazoviy rang bilan biz 1981-yildan 1991-yilgacha bo‘lgan davrni belgiladik.
Bu o‘rinda ko‘p yillardan buyon shahar hayotida muhim o‘rin tutadigan zavod haqida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Bugun u Maxam-Chirchiq deb ataladi, 2007-yildan boshlab zavodning katta qismi Ispaniyaning Maxam kompaniyasiga tegishli. Zavod 40 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi va ularni Ukrainaga, Qozog‘istonga, BAAga, Avstraliyaga, Eronga, Turkiyaga va boshqa davlatlarga eksport qiladi.

Zavodni qurish qarori 1932-yilda qabul qilingan. U ishga tushirilganida Chirchiq Elektrokimyokombinati deb atalar edi. U Markaziy Osiyoda azot o‘g‘itlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilk korxona bo‘lgan. 1940-yillarga kelib, O‘zbekistonda kimyo sanoatining ilg‘or korxonalaridan biri bo‘ldi. 1970-yilga kelib, nomi “Elektroximprom” deb o‘zgartirildi.

2000-yillarning boshida zavod xarajatlarni oqlamay qoldi va yopilish arafasida turar edi – uni yevropalik investorlar saqlab qoldi. Ispaniyaning Maxam kompaniyasi hozirda Kimyogarlar madaniyat saroyiga ham masʼuldirlar.

“Elektroximprom” ishlab chiqarish birlashmasi. Manba: visualrian.ru

Mustaqil O‘zbekiston
Mustaqillikka erishilgach, Chirchiq rivojlanishda davom etdi – shaharda 2000 dan ziyod yangi inshootlar barpo etildi: ko‘pkvartirali uylar, savdo inshootlari va ko‘ngilochar obyektlar.
Mustaqillik davrlari xaritamizda O‘zbekiston bayrog‘ining ranglari:
havo rang va yashil ranglar bilan belglangan.
Loyiha mualliflari — xarita ustida olib borilgan ishlar haqida (o‘qish)
Xaritani tuzish ustida ishlagan Raqamli rivojlanish departamenti jamoasi

Mening ismim Qutlimratov Jonibek, men chirchiqlik kartografman. Har doim shahrimning yana-da go‘zal bo‘lishini istar edim. Bir necha yil avval men Chirchiq bo‘ylab harakatlanish qulay bo‘lishi uchun Chirchiq shahri ko‘chalarini Yandeks xaritalariga kiritish bilan shug‘ullanganman.

Meni AgeTashkent loyihasiga jalb qilishganda Chirchiqning ham shunday xaritasi bo‘lishi mumkinligi haqida o‘yladim. Age Tashkent loyihasining art-direktori va Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Aleksey Xen bilan maslahatlashib, biz Age Chirchik ni yaratishga qaror qildik.

«Men Jonibekning tashabbusini xayrixohlik bilan qabul qildim — amalda barchamiz uchun foydali va qiziqarli bo‘lgan Age Tashkent loyihasini kengaytirishni istar edik, — deydi Aleksey. — Ayni paytda u shahar aholisi uchun ham qiziqarli bo‘ldi: biz bilan muloqotga chiqib, qidiruv funksiyasini qo‘shishni so‘rashdi, loyihani yana-da yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatishdi».

Aleksey keyinchalik Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassislari jamoasini safarbar qilib, Age Tashkent loyihasiga Chirchiqni joriy etish ishlarini boshlab berdi.

Jalb qilingan mutaxassislar orasida front-end yaratuvchi Marat Ayupov ham bor.

«Dastlab biz Chirchiqning yoshiga oid xaritani ishlab chiqishni rejalashtirmaganmiz. Biz Age Tashkent loyihasini tayyor holga keltirgan edik va loyihani boshqa shaharlarga ham kengaytirish g‘oyasi tug‘ilgach, kodni qayta yozish uchun bosh qotirishga to‘g‘ri keldi», — deydi u.

Kodni moslashtirishga 10 kuncha vaqt ketdi. Natijada u Age Tashkent loyihasiga kengaytirish imkoniyatini kiritdi.

«Endi biz unga yangi lokatsiyalarni kiritishimiz mumkin, va ehtimol, Chirchiqdan keyin O‘zbekistonning boshqa tarixiy va qiziqarli joylarini ham o‘rganishga kirishamiz», — deya taʼkidlaydi Marat Ayupov.

Sayt kompyuterda ham, mobil telefonlarda ham, noutbuklarda ham ishlaydi.

Foydalanuvchilar yillar shkalasiga kirib, xaritadan o‘zlarini qiziqtirgan davrni topishlari mumkin. Binolarning qachon qurilganligini aniqlash uchun koordinatalar yoki manzillar bo‘yicha qidirish mumkin.

Marat Ayupov Chirchiqning tarixiy va madaniy merosiga alohida eʼtibor qaratgan. Xaritada ularni ajratib ko‘rsatish uchun u xaritaga pinlarni kiritgan. Ular har bir obyektni ko‘rsatib, klik orqali obyekt tarixi haqida qo‘shimcha maʼlumot beradi. Bundan tashqari, kursorni chap tomondagi pastki burchakdagi vaqt shkalasiga to‘g‘irlansa, sayt har bir rangning maʼnosini aytib beradi va nima uchun aynan shu rang tanlanganligini izohlaydi.

Har bir uy va tarixiy obyekt haqidagi maʼlumotlarni geofazoviy maʼlumotlarni qayta ishlash bo‘yicha bosh menejer Lazizbek Toshqulov to‘plagan. U o‘z ishini Chirchiqning meʼmoriy obyektlarini o‘rganishdan boshlagan.

«Chirchiqda meʼmoriy va tarixiy obyektlar soni men o‘ylaganimdan ko‘p ekan», — deydi u.

Odatda odamlarga Chirchiq haqida aytib berganimda, ular ko‘pincha «qaysi Chirchiq?» deb so‘rashadi. Har gal bu shahar o‘z tarixiga ega ekanligini tushuntiraman, u haqida ko‘p narsalarni aytib berish mumkin. Men bu shaharni yaxshi ko‘raman, boshqalar ham uni yoqtirib qolishini istayman, chunki Chirchiq haqiqatan ham bunga loyiqdir.

Rahbarimiz Aleksey Xen ham ushbu fikrga qo‘shiladi.

«Chirchiq go‘zal shahar, aholisi juda hamjihat va ishonamizki, bunday interfaol xaritalar har bir chirchiqlik uchun muhim. Ayni paytda, kelajakda O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy shaharlari maʼmuriyati bilan birga loyihani kengaytirishni davom ettirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi».
Matnga bo‘lgan barcha huquqlar Toshkent shahri hokimligi Raqamli rivojlanish departamentiga tegishli. “Gazeta.uz” internet-nashri saytida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting