Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudida 12-fevral kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud muzokarasi bo‘lib o‘tdi. Unda prokuror 23 nafar sudlanuvchiga nisbatan so‘raydigan jazosini o‘qib eshittirdi. Bir nechta advokatlar esa o‘z muzokarasida ushbu jazo bo‘yicha nuqtai nazarlarini bildirib o‘tishdi. “Gazeta.uz” prokurorning nutqi stenogrammasini taqdim etadi.

12-fevraldagi sud muzokarasi tafsilotlari

Prokuror Saidakramxon Oqilov: Hurmatli sudlov hay’ati, bir necha oy mobaynida S.R.P. va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi ochiq sud majlisida, qonuniy tartibda, har tomonlama, to‘g‘ri va xolisona, sudlanuvchilarning o‘zini himoya qilish uchun bo‘lgan barcha shart-sharoitlar ta’minlangan holda ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelish arafasida turibmiz. Hurmatli sudlov hay’ati, ish holatlari barchamizga ma’lum bo‘lganligi sababli, ortiqcha to‘xtalib o‘tirmayman. Dalillarga baho berish yuzasidan to‘xtalib o‘tsam.

Ish bo‘yicha to‘plangan dalillarga baho berib, sudlanuvchilarning sodir qilgan jinoyatlari o‘z tasdig‘ini topgan va quyidagi dalillar bilan isbotlangan deb hisoblayman. Xususan, S.R.P., B.Q., Nu.M., E.M., Sardor Kariyev, A.A., No.M, G. S., Sh. Sh., J.E., S.S., J.Sh., A.J., G. X., G. B., M.H., Sh. X., N.Sh., Sh. A., F.F., I.M., F.T. va F.N.larning aybi

— sudlanuvchi S.R.P., B.Q., A.A., Nu.M., G. S., M.H., Sh. X, N.Sh., Sh. A. va Sh. Sh.larning dastlabki tergovda bergan pushaymonlik arizalari;

— Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-tibbiyot ekspertiza markazining “Ambronol” dori vositasi tarkibida propilenglikol moddasi o‘rniga inson sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli bo‘lgan etilenglikol va dietilenglikol moddasi aniqlangan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosalari;

— Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-tibbiyot ekspertiza markazining “Dok-Maks” dori vositasi tarkibida propilenglikol moddasi o‘rniga inson sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli bo‘lgan etilenglikol va dietilenglikol yot moddalari aniqlangan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosalari;

— voqea joyi va murdani ko‘zdan kechirish bayonnomalari, bolalarning “Dok-1 Maks” siropi va “Ambronol” sirop dori vositalaridan zaharlanish oqibatida vujudga kelgan o‘tkir buyrak, jigar yetishmovchiligi natijasida vafot etganligi va og‘ir tan jarohati olganligi haqidagi sud-tibbiy ekspertiza xulosalari;

— “Elit Global Plus” MCHJga qarashli bojxona omborida Quramax Medical MCHJ tomonidan import qilinib, “Dok-1 Maks” dori vositasidan 33 donasi namuna tariqasida olib qo‘yish haqidagi bayonnoma, Davlat markazining farmakotoksikologik tahlil laboratoriyasi tomonidan 2022-yil 23-dekabrda o‘tkazilgan “Dok-1 Maks” dori vositasini anomal toksiklik ko‘rsatkichini iste’moldan so‘ng ta’sirini o‘rganish maqsadida laboratoriya sichqonlarida o‘tkazilgan tahlil xulosasi, Marion Biotech korxonasining “Kuraraks” dori vositasiga orqa sana bilan yo‘riqnoma rasmiylashtirib berilganligini tasdiqlovchi Davlat markazining Farmakopeya qo‘mitasi tomonidan yuritilgan dori vositalarining yo‘riqnomasini hisobga olish jurnalini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, Davlat markazi matbaa bo‘limida mavjud Davlat reyestriga olingan elektron ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi;

— Davlat markazi ekspertlar kengashining 2022-yil 25-maydagi 10-sonli majlisining ikki xil mazmundagi “Kuraraks” dori vositasi inspeksion tekshiruvga tushirilmay, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida “Kuraraks” dori vositasini ishlab chiqaruvchi Hindistonning Marion Biotech korxonasida GMP inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilishi haqida kengash bayonnomalari va ularga ilova qilingan hujjatlar;

— Davlat markazi tomonidan “Kuraraks” dori vositasini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech korxonasida GMP inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilishi bo‘yicha zaruriy amaliyotlar markazi hamda shu mazmunda Marion Biotech korxonasiga yuborilgan 2022-yil 26-maydagi xatlari;

— S.R.P. tomonidan ixtiyoriy taqdim qilingan, xotirasida Quramax Medical MCHJning xufyona buxgalteriyasi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan iPhone 13 Pro Max rusumli uyali aloqa vositasini qabul qilish bayonnomasi, B.Q. tomonidan ixtiyoriy taqdim qilingan, xotirasida Quramax Medical MCHJning xufyona buxgalteriyasi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan Galaxy G6 rusumli uyali uyali aloqa vositasini qabul qilish bayonnomasi;

— Quramax Medical MCHJning moliyaviy xo‘jalik faoliyati va soliq qonunchiligini tekshirish natijasida tuzilgan taftish dalolatnomasi, S.R.P. va B.Q.larning so‘zlashuvlarini eshitish bayonnomalari, Ibrohimova tomonidan qonuniy taqdim qilingan S.R.P.ning foydalanuvida bo‘lgan Hindistonning Marion Biotech va Singapurning [Korporeyshn sil Amikrons], Buyuk Britaniyaning Quramax Limited kompaniyalarining 4 ta muhrini qabul qilish bayonnomasi;

— 2023-yil 3-yanvardagi Dori vositalari tibbiy buyumlar tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi DUKdan A.A., No.M. va Sh. Sh.lar tan olish yo‘li bilan noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazgan va o‘tkazishni rejalashtirgan xorijiy dori vositalarining hujjatlarini olib qo‘yish bayonnomasi va unga ilova qilingan dalolatnomalar, sudlanuvchi va guvohlarning foydalanuvidagi telefon raqamlari orqali olib borilgan so‘zlashuvlar tabulagramasi yozilgan disk va uni ko‘zdan kechirish bayonnomasi;

— Hindistonning “Ferroza”, “Vallas”, “Ampiset Vallas” dori vositalarini tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Davlat markaziga to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi to‘lov hisob varaqlari, “Ferroza”, “Vallas”, “Ampiset Vallas” dori vositalarini tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik yuzasidan rasmiylashtirilgan ko‘chirmalarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, Hamroyeva tomonidan taqdim qilingan Hindistonning Quality Pharmaceuticals korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari Lyuksemburg davlatidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi qalbaki sertifikatlar mavjud bo‘lgan kompyuter protsessorini ko‘zdan kechirish bayonnomasi,

— Hamroyeva tomonidan taqdim qilingan protsessor yuzasidan 139-sonli sudga oid kompyuter-texnik ekspertiza xulosasi, A.A.dan 15 dona “plaskapanelniy detektor dlya apparatov rentgenstkova izlucheniya” tibbiy texnikalariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish yuzasidan to‘plangan hujjatlarni olib qo‘yish bayonnomasi,

— Eraliyeva tomonidan ixtiyoriy taqdim etilgan Sh. X. vaqtincha saqlash uchun berilgan “Dok-1 Maks” dori vositasini 21 ta sinov bayonnomalari, Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi (DVSIM) dori vositalarining sifat va miqdoriy analizini o‘tkazish uchun foydalaniladigan uchta yuqori samarali suyuqlik xromotografiya uskunalari xotirasidagi ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi;

— DVSIM sinov markazi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ikki nusxadagi bir xil sana va qayd raqamli, biroq turli ko‘rsatkichlar aks ettirilgan “Dok-1 Maks” dori vositasini laboratoriya sinovlaridan o‘tkazish sinov bayonnomalarini ko‘zdan kechirish bayonnomasi;

— DVSIM sinov markazi xodimlari tomonidan “Dok-1 Maks” dori vositasi yuqori samarali suyuqlik xromotografiya va UEF spektrofotometr qurilmalarida takshirilmaganligi tasdiqlovchi qurilmalar xotirasidagi ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi;

— DVSIM sertifikatlashtirish organi xodimlari “Dok-1 Maks” dori vositasini laboratoriya tekshiruvi uchun namunalarini “Elit Global Plus” MCHJ bojxona omboriga kelib olmaganliklarini tasdiqlovchi kuzatuv kameralari xotirasini ko‘zdan kechirish bayonnomasi;

— M.H.ning uyi, Sh. X.ning xonadonida o‘tkazilgan tintuv bayonnomalari;

— Sh.X.ning akasi tomonidan ixtiyoriy taqdim etilgan, noqonuniy o‘zlashtirilib, dorixonalarda sotilmayotgan dori vositalarini qabul qilish bayonnomasi;

— “Lekar Med” MCHJ ta’sischisi Hoshimov tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilgan M.H. va boshqalar tomonidan DVSIMdan noqonuniy o‘zlashtirilib, dorixonada sotilayotgan dori vositalarini qabul qilish bayonnomasi;

— I.M.ning ukasi tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilgan, I.M. va boshqalar tomonidan DVSIMdan noqonuniy ravishda o‘zlashtirilib, dorixonada sotilayotgan dori vositalarini qabul qilish bayonnomasi;

— DVSIMdan noqonuniy ravishda o‘zlashtirilgan dori vositalarini ko‘zdan kechirish bayonnomasi;

— guvohlarning ko‘rsatuvlari, sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, ularning o‘rtasida o‘tkazilgan yuzlashtirish bayonnomalari hamda Jinoyat protsessual kodeksining 95-moddasi tartibida baholangan boshqa obyektiv dalillar majmui bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan deb hisoblayman.

Biroq, dastlabki tergov organi tomonidan S.R.P.ning harakatli Jinoyat kodeksining 28 orqali 209-moddasi 1-qismi bilan, A.A., No.M., Sh. Sh.larning harakatlari Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, G‘ozixonovdan jami 45 ming dollarni olgan epizodi bo‘yicha ortiqcha malakalanganligi sababli ayblovdan ushbu moddalarni chiqarishni lozim, deb hisoblayman.

Shuningdek, B.Q.ning harakatlarini Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandidan ushbu moddaning 28 orqali 186-moddasi 4-qismi “a” bandiga, Sh. Sh.ning harakatlarini birinchi epizod bo‘yicha Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28 orqali 211-moddasi 3-qismi “a” bandiga, M.H., Sh. X., N.Sh., Sh. A., F.F. va I.M.larning harakatlarini Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandidan ushbu moddaning birinchi qismiga qayta malakalash lozim deb hisoblayman.

Ayblovning qolgan qismi bo‘yicha sudlanuvchilarning harakatlaridan dastlabki tergov organi tomonidan to‘g‘ri malakalanganligi sababli, u qismiga to‘xtalib o‘tirmayman.

Sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 55 va 56-moddalarida ko‘rsatilgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda jazo tayinlanishi lozim deb hisoblab, shunga ko‘ra:

— S.R.P.ni (Quramax Medical kompaniyasi direktori bo‘lgan — tahr.) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi, 213-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 213-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 228-moddasi 3-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni va tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirishni belgilashingizni;

— B.Q.ni (Quramax Medical kompaniyasi savdo direktori bo‘lgan — tahr.) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 28 orqali 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi; Jinoyat kodeksining 28 orqali 186−3-moddasi 4-qismi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llagan holda 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi; 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 10 yilu bir oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni va tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirishni belgilatishingizni, B.Q.ga nisbatan qo‘llanilgan garov ehtiyot chorasini bekor qilib, uni sud zalidan qamoqqa olishingizni;

— Nu.M.ni (Quramax Medical kompaniyasi ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri bo‘lgan — tahr.) Jinoyat kodeksining 28 orqali 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 28 orqali 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan, Jinoyat kodeksining 45 hamda 57-moddasini qo‘llagan holda, 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 228-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandi bilan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi, 228-moddasi 3-qismi bilan 1 yil ozodlikni cheklash jazosi; Jinoyat kodeksining 59 hamda 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yilu bir oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirishni belgilatishingizni, Nu.M.ga nisbatan qo‘llanilgan tilxat ehtiyot chorasini bekor qilib, uni sud zalidan qamoqqa olishni;

— E.M.ni (Quramax Medical kompaniyasi bosh hisobchisi bo‘lgan — tahr.) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, tayinlangan jazoni manzil koloniyasida o‘tattirishni belgilatishingizni, E.M.ga nisbatan qo‘llanilgan tilxat ehtiyot chorasini bekor qilib, uni sud zalidan qamoqqa olishni;

— Kariyev Sardor Hикмaтовичni (bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi Davlat markazining sobiq direktori lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan va 209-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybdir deb topib, 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni va tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashni belgilatishingizni;

— A.A.ni (Davlat markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi, 25 orqali 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 25 orqali 205-moddasi 1-qismi bilan bir muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni va tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirishni belgilatishingizni;

— No.M.ni (Davlat markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi, 25 orqali 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 25 orqali 205-moddasi 1-qismi bilan bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni va tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirishni belgilashingizni;

— G. S.ni (Davlat markazi direktorining yordamchisi lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yilu to‘rt oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni va va tayinlangan jazoni manzil koloniyasida o‘tattirishni belgilatishingizni;

— Sh. Sh.ni (Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vitse-boshlig‘i lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi, 25 orqali 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28 orqali 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 25 orqali 205-moddasi 1-qismi bilan bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 28 orqali 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun uch yil muddatga moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni va tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirishni belgilatishingizni;

— J.E.ni (Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi, 212-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llagan holda uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi; 212-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun uch yil muddatga moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni va tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirishni belgilatishingizni;

— S.S.ni (Davlat markazi Farmakologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, ushbu modda bilan 3 yil muddatga moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, tayinlangan jazoni manzil koloniyada o‘tattirishni belgilashni, S.S.ga nisbatan qo‘llanilgan tilxat ehtiyot chorasini bekor qilib, uni sud zalidan qamoqqa olishni;

— J.Sh.ni Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, uch yil muddatga moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan J.Sh.ga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini shartli deb hisoblab, 2 yil sinov muddati belgilashni;

— A.J.ni (Davlat markazi Farmakologiya qo‘mitasining mutaxassisi lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llagan holda uch yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlashdan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan A.J.ga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini shartli deb hisoblab, 2 yil sinov muddati belgilashni;

— G. X.ni (Davlat markazi Farmakologiya qo‘mitasining yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 45 ham 57-moddalarini qo‘llab, uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlashdan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni so‘rayman.

— G. B.ni (Davlat markazi dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasining mudiri lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlashni so‘rayman.

— M.H. (Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJ direktori lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi hamda 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 205-moddasi birinchi qismi bilan ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 207-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni va tayinlangan jazoni manzil koloniyasida o‘tashni belgilashni;

— Sh. X. (Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sertifikatlashtirish organi rahbari lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 209-moddasi, 205-moddasi 5-qismi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 3 yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni;

— N.Sh.ni (Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sinov markazi rahbari lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, 207-moddasi uchinchi qismi bilan ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun uch yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlashni;

— Sh. A.ni (Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun ikki yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni;

— F.F.ni (Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sertifikatlash organi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 205-moddasi birinchi qismi va 209-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun ikki yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni;

— I.M.ni (Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sinov markazi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 205-moddasi birinchi qismi va 209-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 2 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni;

— F.T.ni (Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan — tahr.) Jinoyat kodeksining 214-moddasi uchinchi qismi “a” bandi, 228-moddasi ikkinchi qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi uchinchi qismi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 214-moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llagan holda uch yil muddatga farmatsevtika sohasida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandi bilan to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi bilan bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni va Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun uch yil muddatga moddiy famatsevtika sohasida javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash va tayinlangan jazoni manzil koloniyasida o‘tashini belgilashini, F.T.ga nisbatan qo‘llanilgan tilxat ehtiyot chorasini bekor qilib, uni sud zalida qamoqqa olishni;

— F.N.ni (“Original Solutions” MCHJda direktor lavozimida ishlaydi — tahr.) Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlashni;

— S.R.P., B.Q., E.M.dan solidar tartibda 9 milliard 688 million 409 ming 700 so‘m soliq qarzdorligini davlat foydasiga undirishni;

— S.R.P., B.Q., Nu.M., Kariyev, A.A., No.M., Sh. Sh., J.E.lardan 68 nafar vafot etgan va 16 nafar tan jarohati olgan bolalarning qonuniy vakillariga 100 million so‘mdan va ikkita yengil tan jarohati olgan bолalarning qonuniy vakillariga 20 million so‘mdan moddiy zarar undirishni, qolgan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish bo‘yicha fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqlari borligini tushuntirishni;

— Quramax Medical’ga tegishli Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi 66-uy 72-xonadon, MCHJga tegishli bo‘lgan Kia Seltos, Isuzu, Chevrolet Trailblazer avtomashinalarini va B.Q. tomonidan topshirilgan 20 ming AQSh dollarini tegishli tartibda yetkazilgan zararni qoplash uchun qaratishingizni;

— Quramax Medical omborlarida va dorixonalardan yig‘ib olingan 154 ming 887 dona “Dok-1 Maks” va 76 957 dona “Ambronol” dori vositalarini tegishli tartibda yo‘q qilishni;

— ashyoviy dalil deb topilgan to‘lov hisob fakturalari, davlat reyestridan ko‘chirmalar, so‘zlashuvlar yozilgan disk, kompaniyaning muhrlari, sinov bayonnomalari, bloknot, tahlil natijalari, qayd qilish jurnallari, shartnomalar, guvohnomalar, prezidium qarorlarini jinoiy ish hujjatlarida Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga asosan jinoyat ishi hujjatlari bilan birga saqlashingizni so‘rayman.

Shundan so‘ng to‘rt nafar sudlanuvchilarning advokatlari himoyasi ostidagi shaxslarga qo‘yilgan prokuror muzokara nutiqida so‘ragan jazolar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bildirib o‘tdi. Sudya qolgan advokatlarning muzokarasini keyingi sudda tinglanishini bildirib, sud 14-fevral 9:00 gacha tanaffus e’lon qilishini aytdi.


“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 10-yanvardagi sudda prokuror sudlanuvchilarga nisbatan ayblov xulosasini o‘qib eshittirgan, sudlanuvchilar esa aybiga iqror-iqror emasliklari haqida fikrlarini bildirib o‘tgan edi. “Gazeta.uz” ushbu sudning to‘liq stenogrammasini taqdim etgan.

“Dok-1 Maks” ishi ko‘rilayotgan sud zalidan tayyorlangan “Gazeta.uz” reportajlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.