Toshkentda 21-may kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalarining vakillari, harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari, hamda sport havaskorlari va professional sportchilar ishtirokida Men Gʻolib harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

2000 ga yaqin ishtirokchilar 21-may kuni ertalab Humo Arena sport majmuasining hududida 3 km va 10 km masofalarga yugurish uchun to‘plandi.

Qurolli kuchlar tuzilmalari xodimlari va harbiy o‘quv muassasalari kursantlari bilan teng ravishda sport yugurish klublari a’zolari va havaskor yuguruvchilar start yo‘lakchasidan joy olishdi.

men g'olib, реклама

Ommaviy yugurish musobaqasi Yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkor — “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko‘magida tashkil etildi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Toshkent shahar hokimiyati ishtirokida.

men g'olib, реклама

Bo‘lib o‘tadigan ommaviy yugurish musobaqasida yorqin va kuchli kurash olib borish tilaklari bilan O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov sport musobaqasiga start berdi.

Shuningdek, marosim ochilishida ommaviy yugurish musobaqasining ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashining kotibi va Triatlon federatsiyasining raisi Viktor Mahmudov murojaat qildi.

“Men G’olib ommaviy yugurish musobaqasi yosh vatanparvarlarni yurt farovonligi yo‘lida yangi marralar, g‘alabalar va sport yutuqlari sari ruhlantiruvchi, mamlakatning harbiy va kuch ishlatuvchi tuzilmalari haqida ochiq va ijobiy taassurot shakllantiruvchi o‘ziga xos tadbir bo‘lib hisoblanadi”, — ta’kidlab o‘tdi Triatlon federatsiyasining raisi Viktor Mahmudov.

O‘zbekiston kurolli kuchlar tuzilmalarining rahbarlari ommaviy yugurish musobaqasida o‘z xodimlarining jamoaviy ruhini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishtirok etdi.

Men G’olib ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishda ko‘zlangan muhim maqsadlaridan biri — bu harbiy xizmatchilarning faol jismoniy shakli va sport ruhini saqlash, Qurolli kuchlar va kuch ishlatuvchi tuzilmalar orasida do‘stona sport aloqalarini rivojlantirish, kuch ishlatuvchi idoralarning vakillari orasida eng kuchli jamoalarni aniqlash hisoblanadi.

Men G’olib harbiy xizmatchilarni, sportchilarni va sog‘lom turmush tarzi faollarini birlashtiruvchi haqiqiy vatanparvarlik harakatiga aylanmoqda. Ommaviy yugurish musobaqasi doirasida ishtirokchilar ham yakkalik, ham jamoaviy ommaviy yugurish musobaqasida o‘z kuchlarini sinashdi.

men g'olib, реклама

“Save Aral, Yangi Nafas, „Toshkent marafoni“ kabi ommaviy sport yugurish musobaqalarini tashkil etishda katta tajribaga ega bo‘lgan holda, shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Men G’olib ommaviy yugurish musobaqasiga ishtirokchilar orasida birlik va hamjihatlik muhiti, startdan boshlab marragacha intizom ruhi va g‘alaba hamda yuqori natijalar uchun kurash ruhi xosdir. Bu shundan dalolat beradiki, sport va xususan, yengil atletika har bir inson o‘zini kashf etishi mumkin bo‘lgan universal faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi”, — dedi Yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev.

men g'olib, реклама

Men G’olib ko‘chma kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat yettita jamoa kurash olib bordi. Shuningdek, Qurolli kuchlar akademiyasi, Jamoatchilik xavfsizligi universiteti, IIV akademiyasi, FVV vazirligi, DXX akademiyasi va DSQ institutini taqdim etuvchi, kuch ishlatuvchi tuzilmalarning o‘quv yurtlari kursantlardan shakllantirilgan oltita jamoa orasida ham kubok o‘ynaldi.

Ommaviy yugurish musobaqasi doirasida, O‘zbekiston Qurolli kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalarining zamonaviy jihozlanishini namoyish etuvchi harbiy texnika ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Sport TV telekanalining ko‘magida Men G’olib harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasidan jonli efir tashkil etildi. Shu bilan birga, tadbirda O‘zbekiston markaziy OAV vakillari ham ishtirok etdi.

Men G’olib jamoaviy musobaqasida g‘oliblikni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘lga kiritdi.

Reklama huquqlari asosida.