Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydonini noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Fermer xo‘jaligi rahbari F.M. bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun ajratilgan sug‘oriladigan yer maydonining 0,75 gektarini fuqaro G. B.ga 80 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Pul olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229−6-moddasi (Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.